Shavkat Mirziyoyev Germaniya prezidentini lavozimiga qayta saylangani bilan tabrikladi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaVstrecha prezidenta Uzbekistana Shavkata Mirziyoyeva s prezidentom Germanii Frank-Valterom Shtaynmayerom, arxivnoe foto
Vstrecha prezidenta Uzbekistana Shavkata Mirziyoyeva s prezidentom Germanii Frank-Valterom Shtaynmayerom, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.02.2022
Obuna bo‘lish
Frank-Valter Shtaynmayer Germaniya prezidenti lavozimiga kuni kecha ikkinchi muddatga qayta saylangan edi.
TOShKENT, 15 fev — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Germaniya prezidenti Frank-Valter Shtaynmayerga uning ushbu lavozimga qayta saylangani munosabati maktub yo‘lladi. Bu haqda uning matbuot kotibi xabar bermoqda.
"Sizning ushbu yuksak lavozimdagi faoliyatingiz O‘zbekiston va Germaniya o‘rtasidagi an’anaviy do‘stona va ko‘p qirrali munosabatlarni mamlakatlarimiz va xalqlarimiz farovonligi yo‘lida yanada kengaytirishga xizmat qilishiga ishonaman", - deyiladi, jumladan, Mirziyoyev maktubida.
Germaniya Federativ Respublikasi (GFR) prezidenti Frank-Valter Shtaynmayer 13-fevral kuni bu lavozimga ikkinchi muddatga qayta saylandi. Shtaynmayer nomzodini yoqlab 1435 saylovchidan 1045 nafari ovoz bergan. Yig‘ilishning 86 a’zosi betaraf qolgan. Yana 294 kishi boshqa nomzodlarga ovoz bergan.
66 yoshli Frank-Valter Shtaynmayer 2017-yil 19-martidan buyon Germaniya prezidenti lavozimni egallab kelmoqda. O‘shanda siyosatchi Yoaxim Gaukning o‘rnini egallagandi.
Yangiliklar lentasi
0