Analitika

Turkmanistondagi siyosiy oʻzgarishlar Toshkent va Ashxobod munosabatlariga qanday taʼsir qiladi

© AFP 2022 / DMITRY KOSTYUKOVTurkmen national flags fly on July 3, 2008 over a mosque in Kipchak, 15 kms outside the capital Ashgabat
Turkmen national flags fly on July 3, 2008 over a mosque in Kipchak, 15 kms outside the capital Ashgabat - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 15.02.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Ekspertlar Turkmanistonda prezident oʻzgargandan soʻng mamlakat tashqi siyosati qanday oʻzgarishi va bu qoʻshnilar bilan aloqalarga qanday oʻz taʼsirini koʻrsatishi borasida fikr bildirishmoqda.
TOSHKENT, 15 fev — Sputnik. Ivan Zuyev. Dushanba, 14 fevral kuni, Turkmaniston rahbarining oʻgʻli Serdar Berdimuhamedov 12 mart kuni boʻlib oʻtadigan prezident saylovida oʻz nomzodini ilgari surishini maʼlum qildi. Hozircha undan boshqa hech kim bu poygada qatnashish istagini bildirmadi.
Juma kuni Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov tez orada lavozimidan ketishini maʼlum qildi. Parlamentning yuqori palatasiga (Xalq maslahati) qilgan murojaatida u “oʻzi uchun oddiy boʻlmagan qarorni qabul qilgani” aytdi va “yoshlarga yoʻl berish” kerakligini taʼkidladi.
“Men Xalq maslahati raisi sifatida katta hayotiy va siyosiy tajribamni bundan buyon ham shu sohaga yoʻnaltirish (hukumatni yosh avlodga berish – tahr.) niyatidaman”, — dedi Turkmaniston prezidenti.
Berdimuhamedov bayonotidan soʻng ertasi kuni mamlakat MSK navbatdan tashqari respublika prezidenti saylovi 12 mart kuni boʻlib oʻtishini eʼlon qildi.
Oʻtgan yili Berdimuhamedov 64 yoshga toʻldi. Oʻz nutqida u buni eslatib, “paygʻambar yoshiga yetganini” qoʻshimcha qildi. Gurbanguli Berdimuhamedov 2007 yil 14 fevraldan buyon mamlakatni boshqarib keladi. U 2006 yil dekabrida Turkmanistonning bir umrlik prezidenti Saparmurat Niyazov vafotidan keyin davlat rahbari etib saylangan edi.
Turkmanistonda hukumatning ehtimoliy topshirilishi haqida ekspertlar bir necha yildan buyon aytib kelishadi. 2020 yilda mamlakatda Konstitutsiya islohoti boʻlib oʻtdi. Respublika parlamenti ikki palataga ajratildi: yuqori (Xalq maslahati) va quyi (Majlis). Amaldagi prezident oʻz lavozimidan ketganidan keyin Xalq maslahatining bir umrlik aʼzosi boʻlib qoladi.
2021 yil sentyabrida prezident Gurbanguli Berdimuhamedovning oʻgʻli Serdar 40 yoshni qarshi oldi. Turkmaniston Konstitutsiyasiga koʻra bu yosh respublika prezidenti etib saylanish uchun eng minimal deb belgilangan.
Serdar 2011 yildan beri Turmanistonda muhim vazifalarni egallab keladi. 2011 yili u respublika TIV departamentiga rahbarlik qildi, 2016 yili parlament deputati, uch yil oʻtib esa Ahal viloyati hokimi boʻldi.
Respublikada hokimiyatni topshirish jarayoni qoʻshni Qozogʻistondagi voqealar bilan boshlandi, deb hisoblaydi MDH mamlakatlari instituti Yevroosiyo integratsiyasi va SHHTni rivojlantirish boʻlimi boshligʻi Vladimir Yevseyev.
Sputnik savolga tutgan ekspertlar siyosiy rejimning yopiqligi mamlakatda boʻlib oʻtayotgan voqealar haqida aniq tasavvurga ega boʻlish imkonini bermasligini tushuntirishdi. Lekin ular hozir Turkmaniston mamlakat rahbariyati qarorlarini tashqi koʻrinishdan belgilaydigan iqtisodiyot sohasidagi chaqiriqlarga duch kelganini taxmin qilishmoqda.
Turkman OAVlari chop qilgan 2021 yil maʼlumotlariga koʻra, davlat iqtisodiyotining qator asosiy sohalari kredit yuklamasi bilan ogʻirlashgan. 2021 yil martida hukumat aʼzolari bilan boʻlib oʻtgan yigʻilishda davlat rahbarining oʻzi chet el qarzlarini oʻz vaqtida toʻlash kerakligini qayd etgandi.
Ekspertlar ayni damda qarz yuklamasi mamlakat iqtisodiyotiga – vaziyatni izdan chiqaruvchi jiddiy omil deb taxmin qilishmoqda.

Gaz qarzlari siyosatni belgilab berishadi

“Hozir mamlakatda ijtimoiy iqtisodiy vaziyat murakkab. Mavjud barcha resurslar qarzni toʻlashga, jumladan, gaz sohasi va infratuzilmalarni modernizatsiya qilishga ketmoqda. Bunday shart-sharoitlarda jamiatdagi ijtimoiy keskinlikni susaytirish juda qiyin. Shu bois Gurbanguli Berdimuhamedov hokimiyatni topshirishni choʻzib oʻtirmadi deb taxmin qilish mumkin”, - deydi Yevseyev.
Uning soʻzlariga koʻra, amaldagi prezident qaysi shaklda vaziyat ustidagi nazoratni oʻz qoʻlida qoldirishi maʼlum emas.
Mamlakatning yangi rahbariyati davrida tashqi siyosat oʻz holicha qolish ehtimoli bor, ammo asta-sekinlik bilan u YEOII, istiqbolda esa KXSHT mamlakatlari bilan hamkorlik tomon oʻzgaradi.
“Sobiq SSSR davlatlariga nisbatan oldingi tashqi siyosat boʻladi. Davlatning koʻp vektorli va betaraflik yoʻli davomi. Ammo iqtisodiy vaziyat va mintaqadagi keskinlik, Afgʻonistondagi, masalan, Turkmanistonni muhim qarorlar qabul qilishga undaydi. Agar YEOIIda kuzatuvchi mamlakat boʻlish borasida qaror qilinsa, ajablanmagan boʻlardi, va ehtimol hatto KXSHTda kuzatuvchi boʻlish, biroq bu istiqbolda”, - deydi Yevseyev.

Betaraflik siyosati yakuni

YEOII va KXSHT ichidagi oʻzaro manfaatli hamkorlikka Turkmanistonni Afgʻonistondagi vaziyat boshlaydi, deydi Yevseyev. Oʻtgan yil kuzida “Tolibon”* Afgʻonistondagi hokimiyatni oʻz qoʻliga olgandi.
“Aynan Afgʻonistonda toliblarning hukumat tepasiga kelishi Turkmanistonni oʻzgartirdi. Endi uning betaraf qolishi gʻoyat mushkul. Uning Qurolli kuchlari Afgʻonistonga qarshi turishga qodir emas, ertami-kechmi kimdir bilan, jumladan, toliblar bilan hamkorlik qilishga toʻgʻri keladi, shuning uchun hech qanday betaraflik haqida gap bormayapti”, - deydi Vladimir Yevseyev.
Saparmurat Niyazov rahbarligi davridan buyon mamlakatda amal qilib kelinayotgan betaraflik siyosatidan asta-sekin ketishni kuzatuvchilar 2021 yil kuzida Turkmaniston ilk marotaba Istanbulda Turk kengashi sammitida ishtirok etganidan koʻrishmoqda.
2021 yil aprelida esa Turkmaniston prezidentining oʻgʻli Serdar Berdimuhamedov Qozonda Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin raisligida boʻlib oʻtgan Yevroosiyo hukumatlararo kengashi tadbirlarida qatnashdi.
“Oʻzini yakkalash, koʻp ekspertlar aytayotgandek, Turkmaniston uchun muammo boʻlmoqda. Xitoy ham, Rossiya ham, AQSH ham bu mintaqada faol ishlashmoqda. Turkmaniston har holda ikki mamlakat siyosati subʼyekti boʻlmoqda. Yopiqlik mamlakat iqtisodiyotiga zarar keltirmoqda, shu bois hozir ular iqtisodiy aloqalarni, jumladan, ayniqsa, Oʻzbekiston bilan faol rivojlantirishmoqda. Hatto Qirgʻiziston bilan elektr energiyasi eksporti boʻyicha hamkorlik yoʻlga qoʻyilgan”, - deydi qirgʻizistonlik siyosatchi Denis Berdakov.
U mamlakat oʻzgarishini taʼkidladi va bu rahbar shaxsiyatiga bogʻliq boʻlmaydi.

Ashxobod-Toshkent

Turkmanistonning Oʻzbekiston bilan hamkorligini kuzatuvchilar va ekspertlar har ikki mamlakat uchun asosiy deb atashmoqda.
Oʻzbekiston bu hamkorlikda elektr energiyasining tranziteri va Turkmanistonning yirk savdo iqtisodiy hamkorlaridan biri boʻlmoqda, agar gaz eksportini hisobga olmasak.
2021 yil oxirida Oʻzbekiston bosh vazirining oʻrinbosar Sardor Umurzakov Oʻzbekiston va Turkmaniston oʻrtasidagi oʻzaro tovar ayirboshlash soʻnggi bir necha yillarda uch baravarga oʻsgani, oʻtgan yilning birinchi sakkiz oyida esa 25 foizga oshganini maʼlum qilgan edi.
“Bu surʼat davom etadi, chunki soʻnggi toʻrt yilda biz Markaziy Osiyoning markazi boʻlayotgan Oʻzbekistonning oʻzida iqtisodiy siyosatning yorqin faollashishini koʻryapmiz. Toshkentga iqtisodiy integratsiya uchun yagona mintaqa yaratish foydali. Turkmaniston Oʻzbekistonga uglevodorod manbai va Kaspiyga chiqish yoʻllaridan biri sifatida kerak”, - deydi Berdakov.
Uning soʻzlariga koʻra, nafaqat Turkmaniston, balki butun mintaqa ham ichidan oʻzgarmoqda, ichki integratsiya uchun jiddiy oldinga siljishlar kuzatilmoqda. Ekspertning ishonchi komilki, shu bois munosabatlar rivojlanadi.
U Tojikiston bilan vaziyat qiyinroq ekanini qoʻshimcha qildi. Mamlakatlar iqtisodiyoti turlicha va Tojikiston mahsulotlar uchun koʻp pul toʻlashga qodir emas. Qolaversa, Tojikiston koʻproq Oʻzbekiston bilan toʻgʻridan-toʻgʻri bogʻlangan.
Vaqt oʻtishi bilan Turmanistonda “yuqoridagilar” rejimining silliq transformatsiyasi boshlanadi va rahbariyat ochiqlik sari yoʻl oladi, deya taxmin qiladi Vladimir Yevseyev.
“Men sekin transformatsiya va yuqoridagi oʻzgarishlar boʻlishiga pul tikkan boʻlardim. Ammo u bosqichma-bosqich boʻlib oʻtadi va qatʼiy hukmronlik bir qancha vaqt saqlanib qoladi. Yumshoqroq stsenariylar ham respublikani xaosga yoʻliga boshlashi mumkin”, - deydi u.

Mazvuga oid:

Prezident Serdar Berdimuhamedovni qabul qildi
Mirziyoyev Turkmaniston prezidenti bilan hamkorlik masalalarini muhokama qildi
Oʻzbekiston va Turkmaniston oʻrtasidagi tovar ayirboshlash hajmi uch baravarga oshdi
Oʻzbekiston va Turkmaniston oʻrtasida 20 dan ziyod muhim hujjat imzolandi
Oʻzbekiston va Turkmaniston savdo aylanmasi hajmini 1 mlrd $ ga yetkazish rejalashtirilmoqda
Yangiliklar lentasi
0