“UzAuto Motors” xaridorlarga mashina yetkazib berish sanasi ko‘rsatilgan xabarnoma yuboradi

© Press-slujba kompanii UzAuto MotorsKompaniya UzAuto Motors nachala primenyat novie sveta vo vsex modelyax avtomobiley
Kompaniya UzAuto Motors nachala primenyat novie sveta vo vsex modelyax avtomobiley - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.02.2022
Obuna bo‘lish
Buyurtmachilar “UzAuto Motors” kompaniyasidan avtomobil yetkazib beriladigan aniq sana ko‘rsatilgan xabarnoma olishadi.
TOShKENT, 15 fev — Sputnik. “UzAuto Motors” kompaniyasi mijozlarga avtomobil yetkazib beriladigan aniq sana ko‘rsatilgan xabarnoma yo‘llashni boshlaydi. Prezident Shavkat Mirziyoyev mutasaddilarga tegishli topshiriq berdi, deb xabar bermoqda uning matbuot kotibi.
Ta’kidlanishicha, davlat rahbari 14-fevral kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda yakunida “UzAuto Motors” avtomobillari yetkazib berish muddati cho‘zilib ketayotganiga yana bir bor to‘xtalgan.

“Yig‘ilish yakunida davlatimiz rahbari yana avtomobil uchun navbatlar mavzusiga qaytib, navbatda turgan har bir buyurtmachiga "UzAuto Motors" kompaniyasi tomonidan avtomobil yetkazib beriladigan aniq sana ko‘rsatilgan xabarnoma yo‘llash bo‘yicha topshiriq berdi”, - deyiladi xabarda.

Kuni kecha Shavkat Mirziyoyev huzurida mashinasozlik sanoatida amalga oshirilayotgan ishlar va 2022-yildagi ustuvor vazifalar muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda prezident 1-mayga qadar "UzAuto Motors" avtomobillari uchun oldindan to‘lov miqdorini 85 foizdan 50 foizgacha pasaytirishni buyurdi.
Bundan tashqari, import avtomobillari uchun bojxona boji stavkalarini 2 barobarga (30 foizdan 15 foizga) pasaytirish bo‘yicha topshiriq berildi.

Mavzuga oid:

Mashinasozlik: Shavkat Mirziyoyev qanday topshiriqlar berdi
Mirziyoyev: odamlar mashina yetkazib berilishining kechikishidan norozi
Yangiliklar lentasi
0