Buxoroda 62 yoshli ota farzandiga o‘z bo‘yragini berdi

© MinzdravV Buxare proveli slojnuyu operatsiyu po transplantatsii pochki
V Buxare proveli slojnuyu operatsiyu po transplantatsii pochki - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.02.2022
Obuna bo‘lish
Buxoroda Respublika Shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi mutaxassislari tomonidan murakkab transplantologiya operatsiyasi amalga oshirildi.
TOShKENT, 16 fev - Sputnik. Buxoroda 62 yoshli otaning buyragi farzandiga ko‘chirib o‘tkazildi, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi.
Kecha Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Buxoro filialida bir guruh transplantolog mutaxassislar ishtirokida buyrak ko‘chirib o‘tkazish amaliyoti bajarildi. Sakkiz soat davom etgan murakkab operatsiya natijasida kogonlik 31 yoshli S.Safarovga 62 yoshli otasi X. Safarovning ishlab turgan bir buyragi ko‘chirib o‘tkazildi. Hozir har ikki bemorning ham ahvoli yaxshi, - deyiladi xabarda.
— Ko‘z oldingda jondan aziz farzandingni darddan so‘lib borayotganini ko‘rish eng og‘ir sinov, — deydi X. Safarov. — Ayniqsa, o‘g‘limning bir necha yil ushbu kasallikdan azob chekkanini o‘ylasam, yuragim og‘riydi. Nasib bo‘lsa, ushbu operatsiyadan keyin farzandim yana sog‘lom hayotga qaytadi. Buning uchun shifokorlardan behad minnatdorman.
Eslatib o‘tamiz, Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 23-oktabrdagi tegishli qaroriga muvofiq, 2018-yil RShTOIMda “Xirurgik transplantologiya” bo‘limi tashkil etilgan edi. O‘tgan davr mobaynida ushbu markaz mutaxassislari tomonidan 170 dan ortiq qarindoshlar orasida buyrak transplantatsiya jarrohlik amaliyotlari muvaffaqiyatli o‘tkazilgan.
© MinzdravV Buxare proveli slojnuyu operatsiyu po transplantatsii pochki
V Buxare proveli slojnuyu operatsiyu po transplantatsii pochki - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.02.2022
V Buxare proveli slojnuyu operatsiyu po transplantatsii pochki
Yangiliklar lentasi
0