Davlat chegarasi rejimi: Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga o‘zgartishlar kiritildi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovKabinki pasportnogo kontrolya
Kabinki pasportnogo kontrolya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.02.2022
Obuna bo‘lish
Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi.
TOShKENT, 16 fev — Sputnik. Qonun bilan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi.
Kiritilgan qo‘shimchalarga ko‘ra, chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar davlat chegarasi rejimini buzib o‘tganda (224-1-modda) qo‘llanilgan jarimani to‘lamasa, O‘zbekiston hududidan ma’muriy tarzda chiqarib yuboriladi.
Ilgari jarima to‘lashidan qat’i nazar O‘zbekistondan chiqarib yuborilgan.
Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar O‘zbekiston hududidan ma’muriy tarzda chiqarib yuborilganda keyinchalik O‘zbekistonga kirish huquqi cheklanish muddatini qo‘llashga aniqlik kiritildi.
Shnga ko‘ra, davlat chegarasi rejimini birinchi marta buzib o‘tganda 1-yil muddat, ikkinchi marta sodir etilganda 3-yil muddat O‘zbekistonga kirish huquqi cheklanadi.
Qonun bilan shuningdek, quyidagi huquqbuzarliklarga oid ishlarni Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari ko‘rib chiqishi belgilandi:
-chegara zonasiga, shuningdek fuqarolarning kirishi va bo‘lishiga vaqtincha cheklov belgilangan joylarga kirish hamda ularda yashash qoidalarini buzish (224-modda);
-Davlat chegarasi orqali o‘tkazish punktlaridagi rejimni buzish (224-1-modda 1-qismi).
Eslatib o‘tamiz, ma’muriy tarzda chiqarib yuborish jinoyat ishlari bo‘yicha tuman (shahar) sudi tomonidan qo‘llaniladi.
Yangiliklar lentasi
0