Jamiyat

Davlatning bir soʻmiga xiyonat qilganim yoʻq - Ortiqxoʻjayev

© Ramiz BaxtiyarovJaxongir Artikxodjayev, ispolnyayuщiy obyazannosti xokima goroda Tashkenta
Jaxongir Artikxodjayev, ispolnyayuщiy obyazannosti xokima goroda Tashkenta - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 16.02.2022
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Ortiqxoʻjayev Toshkent shahrida soʻnggi 3,5 yil davomida homiylar tomonidan amalga oshirilgan xayriya ishlari haqida hikoya qilib berdi.
TOSHKENT, 16 fev – Sputnik. Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxoʻjayev 3,5 yil hokimlik qilgan davrida davlatning bir soʻmiga xiyonat qilmaganini xabar qildi.
"Men 3,5 yil ishlagan boʻlsam davlatga bir soʻm ham xiyonat qilganim yoʻq. Yonimdan qoʻshgan boʻlsam borki lekin olganim yoʻq", - dedi Ortiqxoʻjayev.
- Bilasizlar men oltin katta kompaniya rahbari boʻlganman, siyosatchi boʻlmaganman. <...> Hozir Men oldin ishlagan kompaniya Akfa, Artel koʻp narsadan voz kechayapti. Faqat ishlab chiqarishni saqlab qoladi qolgan bizneslarni sotayapti. Bu yil ham Ekobozorni sotdi. Uning yarmini qarzlariga toʻladi qolgan yarmini davlatga oʻtkazib berdi.
Akfa medlayn degan kompaniya ham oʻtgan yili 75ta yuragi porok boʻlgan bolani operatsiya qilgan boʻlsa bu yil 200ta qilib beradi. Aytmoqchi emasdim yana aytdim.
Akfa va Artel kompaniyalar ham bu yil ham 80 milliard hayriya qilishini bildirgan. Bu pullar chorrahalarga, mahallarlar ichini asfalt qilishga ishlatiladi.

Men shahar hokimi boʻlishdan oldin 35 ta moshinam bor edi. Men moshinani juda yaxshi koʻraman. Hozir 6 ta qolgan. Yaqinda yana 1 ta mashinani auktsionga qoʻyaman va yuragi porok boʻlgan bolalarga sarflaymiz.

Meni aybim – qilgan ishlarimni aytmaganim. Aytib turish kerak ekan. Sergelida uyi yoʻq odamlarga, podvallarda, podʼyezdlarda yashab yurganlarga 400ta kvartira sovgʻa qilganmiz. Aytganim yoʻq edi. Bugun afsuslanayapman, - dedi Ortiqxoʻjayev.
Eslatib oʻtamiz, soʻnggi bir necha kunda Toshkentda Kosmonavtlar xiyobonida hamda Navoiy shoh koʻchasida oʻtkazilayotgan rekonstruktsiya ishlari yuzasidan bir necha mahalliy nashrlarda shahar hokimligining faolyati tanqid qilingan edi. Xususan, Kosmonavtlar xiyobonida ruxsatnoma olmasdan ishlar boshlangani va Navoiy koʻchasida piyodalar xavfsizligiga yetarlicha eʼtibor berilmagani tufayli.
Yangiliklar lentasi
0