Pekin-2022: Komiljon To‘xtayev musobaqadan chetlashtirildi

© Press-slujba NOK UzbekistanaKomiljon Tuxtayev nachal svoyo uchastie v zimnix Olimpiyskix igrax Pekin-2022
Komiljon Tuxtayev nachal svoyo uchastie v zimnix Olimpiyskix igrax Pekin-2022 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.02.2022
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonlik tog‘ chang‘ichi marra chizig‘iga yaqin joylashgan darvozadan o‘tishda xatoga yo‘l qo‘ydi va bu musobaqadan chetlashtirilishiga sabab bo‘ldi.
TOShKENT, 16 fev — Sputnik. Pekin-2022 qishki Olimpiya o‘yinlarida O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan Komiljon To‘xtayev slalom yo‘nalishida musobaqadan chetlashtirildi.
Hakamlar o‘zbekistonlik tog‘ chang‘ichining slalom dasturidagi chiqishini yo‘l qo‘yilgan xato sabab hisobga olishmadi. Ma’lumki, sportchilar trassa bo‘ylab harakat davomida har bir darvozani bosib o‘tishlari lozim.
“Hamurtimiz marra chizig‘iga yaqin joylashgan darvozadan o‘tishda xatoga yo‘l qo‘ydi va buning natijasida musobaqadan chetlashtirildi. Shu bilan sportchimizning Pekin-2022 dagi ishtiroki erta yakunlandi”, - deyiladi Milliy olimpiya qo‘mitasi xabarida.
Eslatib o‘tamiz, Komiljon To‘xtayev 13-fevral kuni gigant slalom yo‘nalishida 29-o‘rinni egallagan edi.

Mavzuga oid:

Komiljon To‘xtayev Pekin-2022 Olimpiadasida o‘z ishtirokini boshladi - video
O‘zbekiston qishki Olimpiya o‘yinlarida ishtiroki tarixi
Komiljon To‘xtayev Pekinda mashg‘ulotlar qanday o‘tayotganini ko‘rsatdi - video
Yangiliklar lentasi
0