Rossiya Yevropa iqtisodini barbod qilishi mumkin

© Sputnik / Yekaterina Solovyeva / Mediabankka o‘tishStroitelstvo gazoprovoda "Severniy potok-2" v Germanii
Stroitelstvo gazoprovoda Severniy potok-2 v Germanii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.02.2022
Obuna bo‘lish
Yevropa Rossiyaga gaziga muhtoj, suyultirilgan gaz uning o‘rnini bosa olmaydi. Ushbu vaziyatda YeI Rossiya bilan "sanksiyalar o‘yiniga" tayyormi?
TOShKENT, 16 fev — Sputnik. Rossiyaning Ukrainaga “bostirib kirishini” kutayotgan G‘arb bizga qarshi “do‘zax sanksiyalarini” tayyorlamoqda. Lekin ular Yevropaga juda qimmatga tushishi mumkin. Bundan sanoat, savdo va banklar zarar ko‘radi. Energetiklar hovurdan tushishni so‘rashmoqda: axir Yevropa uchun Rossiya gazining muqobili yo‘q. Bunday vaziyatda YeI bunday xavfli o‘yinlar o‘ynashi to‘g‘rimi?

Boshlanish arafasida

Vashington va Brusseldan Moskvaga nisbatan aytilayotgan tahdidlar tobora kuchayib bormoqda: xalqaro moliya bozorlariga kirishni yopish, SWIFT banklararo to‘lov tizimidan o‘chirish, XVJ fondlariga moratoriy kiritish va boshqalar. Buyuk Britaniya esa Rossiya kompaniyalari va biznesmenlari aktivlariga cheklov kiritishga tayyorlanmoqda. U yerda buning uchun kerakli qonunlar asosi tayyorlab qo‘yildi.
Lekin G‘arb iqtisodchilari ularni ogohlantirishmoqda: yevropaliklar bunday qadamlar YeI uchun qanday oqibatlarga olib kelishidan ular bexabar, deb yozadi Financial Times. Kerak bo‘lsa Moskva o‘z qo‘lidagi kuzirlarni ishga soladi, masalan gaz yetkazib berishni qisqartiradi.
Buyuk Britaniya foydalanayotgan yonilg‘isining yarmidan ko‘pi – Norvegiya, Qatar va Rossiyadan olib kelinadi. Tahlilchilar xulosasiga ko‘ra 2030-yilga qadar ushbu ko‘rsatgichlar 70%gacha, 2040-yilga qadar – 80%gacha oshishini bashorat qilishmoqda. 2050-yilga kelib Britani Shimoliy dengizda o‘zi qazib olayotgan gaz uning 15% ehtiyojini qoplaydi xolos.
Endi eng asosiy savol – Yevropa qanday sanksiyalar kiritishi mumkin? Energetika sohasida Rossiyaga muhtojlik ulkan – tabiiy gazning 46% Rossiyadan olib kelinadi. Xalqaro tahdidlarni baholash bilan shug‘ullanuvchi COFACE kompaniyasiga ko‘ra, YeIning Rossiyaga qarshi cheklovlarini “qurol” deyish noto‘g‘ri.
Neft sohasida o‘sha vaziyat. COFACE aytishiga ko‘ra, har qanday neft oqimlarini cheklash uning Xitoyga yo‘naltirilishiga olib keladi. Bu esa o‘z navbatida – narxlar oshishiga. Yevropaga uglevodorod yetkazib beruvchi Ukraina quvurlarida uzilish bo‘lishi mumkin. Masalan "Drujba — Yug" va "Odessa — Brodi — Plok" quvurlarida.

Barcha frontlar bo‘ylab

Gap faqat energetika sohasida emas. Rossiya dunyoda eng yirik alyuminiy (global bozorning 6%) va mis (10% atrofida) ishlab chiqaruvchisidir.
Xom-ashyo inqirozi bilan bir vaqtda dunyo bozorlariga sanoat metallari inqirozi ham shaxdam qadamlar bilan kirib kelmoqda. London birjasida spot shartnomalar qimmatlashmoqda. Treyderlar mahsulotni tezroq olish uchun qimmatroq narx to‘lashga ham rozi bo‘lishmoqda.
“Hozir vaziyat misli ko‘rilmagan darajada ekstremal tus olgan, - deydi Goldman Sachs tahlilchisi Nikolas Snoudon.— Talab oshishiga taklif hech qanday reaksiya bildirmayapti".
Bu so‘nggi yillarda kuzatilgan logistika zanjirlaridagi uzilishlar va kovid lokdaunalari oqibati bo‘lishi mumkin.
Dunyoning asosiy bozorlarida mis zahiralari 400 ming tonnadan sal ko‘proq. Bu bir haftaga ham yetmaydi. Alyuminiy ham tugab bormoqda: Yevropa va Xitoydagi metallurgiya zavodlari energiya resurslari narxi oshishi tufayli ishlab chiqarish hajmlarini qisqartirmoqda.
“Rusal” kompaniyasi prognoziga ko‘ra, 2022-yilda alyuminiy defitsiti 1,6-1,7 million tonnani tashkil qilishi mumkin. COFACE xabar qilishiga ko‘ra, kelajakda alyuminiy taklifi qisqarishi ehtimoli katta.
Undan tashqari Rossiya dunyo bozoriga palladiyning 40%ini yetkazib beradi. Ushbu metall avtomobil sanoati, aerokosmik sanoatida qo‘llaniladigan titanni ishlab chiqarish uchun juda zarur. Masalan Airbus va Boeing korporatsiyalari unga juda muhtoj. Financial Times yozishiga ko‘ra, yangi sanksiyalar kiritilgan taqdirda Yevropa iqtisodiga jiddiy zarar yetkazilishi mumkin. BP, Total va Shell kompaniyalarining Rossiyadagi qo‘shma bizneslari barbod bo‘lishi mumkin.
Moskvani xalqaro to‘lov tizimlaridan uzish, dollardan cheklash ham heya qanday yaxshi narsaga olib kelmaydi. Yevropalik kontragentlar zarar ko‘radi. Rossiya bo‘lsa Yevropa uchun beshinchi eksport bozoridir.
Agar Rossiya yuridik shaxslari hisob raqamlaridagi yirik mablag‘lar muzlatilgan taqdirda banklar ham zarar ko‘radi. Rossiya yuridik shaxslarining YeI kredit tashqilotlari oldidagi qarzi 60 milliard dollarga yaqin. Bu Amerika banklari oldidagi qarzlarga nisbatan 4 baravar ko‘p.
Shunday qilib, Moskvaga nisbatan kiritilishi mumkin bo‘lgan sanksiyalar oldida Rossiyadan ko‘ra YeIga kuchliroq ta’sir qiladi. Moskva G‘arbning har qanday dushmanona qadamlaridan zararni kamaytirishga harakat qilmoqda.

Muqobili yo‘q

Shu vaqtning o‘zida AQSh YeIga suyultirilgan gaz yetkazib berish hajmini rekord darajaga oshirmoqda. Undan tashqari Vashington boshqa davlatlarni ham yevropaliklarga “gazdan yordam berishga” chaqirmoqda. Bir hafta oldin YeI diplomatiyasi rahbari Jozep Borrel aytganidek, import yo‘nalishlarini diversifikatsiya qilish kerak. Shu sababli Brussel Qatar, Ozarbayjon va Jazoir bilan aloqa o‘rnatmoqda.
“Ukrainaga hujum” uyushtirilgan taqdirda YeIga yordam beruvchilar orasida hatto Yaponiya ham paydo bo‘ldi. Yaponiya hech qachon suyultirilgan gaz eksporti bilan shug‘ullanmagan va faqat uni import qilish bilan shug‘ullanadi. Albatta bularning barchasi Yevropaga muqobil gaz izlayotgan amerikaliklar uchun shunchaki “do‘stona qadam”dir, - deydi iqtisodchi Mamdux Salame.
“Achchiq haqiqat shundan iboratki, Yevropa uchun Rossiya gazining muqobili yo‘q”, - deb hisoblaydi BCS Global Marketsning neft va gaz bozorlari bo‘yicha tahlilchisi Ronald Smit.
Capital Economicsning bosh iqtisodchisi Endryu Kenningem aytishiga ko‘ra, Rossiya va Ukraina orasida mojaro yuz bergan taqdirda gaz narxi dekabrda kuzatilgan cho‘qqiga yana chiqishi mumkin.
Yana bir muammo ham bor: Yevropada suyultirilgan gaz uchun infratuzilma juda kamm rivojlangan. Uni qurish ham qimmat va ko‘p vaqt talab qiladi. Chunki oldindan hech kim suyultirilgan gazni tabiiy gazning muqobili sifatida hisobga olmagan. Bu muammoni hozir bir zumda hal qilishning iloji yo‘q, deb xulosa qildi Fransiyaning Total Energies kompaniyasi rahbari Patrik Puyanne. Uning so‘zlariga ko‘ra, hozir gaz faqat Rossiya tufayli yetib turibdi.
Hatto amerikaliklarning o‘zlari ham ushbu kollektiv sa’y-harakatlar befoyda ekanini tan olishmoqda. 2017-yilda o‘tkazilgan energoresurslarning 2050-yilgacha tahliliga ko‘ra, AQSh Energetika vazirligi yaqin 20-yil ichida Yevropa Rossiya xom ashyosisiz kun ko‘ra olmaydi.
Shunday qilib, Yevropa Moskva bilan suhbat qilishiga to‘g‘ri keladi. Aks holda, Bruegel tahliliy markaz mutaxassislari xulosasiga ko‘ra, yangi inqiroz yuz berishi mumkin va undan chiqish uchun “qimmatbaho va murakkab yechimlar” kerak bo‘ladi.
Yangiliklar lentasi
0