O‘zbekistondagi 4 ta OTM xalqaro nufuzli reytingdan o‘rin oldi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovZdanie Yuridicheskogo instituta v Tashkente
Zdanie Yuridicheskogo instituta v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.02.2022
Obuna bo‘lish
O‘zbekistondagi 4 ta oliy ta’lim muassasasi ilk bor Young University Rankings – 2022 reytingiga kiritildi.
TOShKENT, 17 fev — Sputnik. O‘zbekistondagi 4 ta oliy ta’lim muassasasi ilk bor Buyuk Britaniyaning Times Higher Education agentligini Young University Rankings – 2022 ("Yosh universitetlar reytingi – 2022") reytingidan o‘rin oldi. Bu haqda Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi xabar berdi.
Mazkur OTMlar yangi turdagi maqom — "Reporter" universitetlar qatorida e’tirof etilgan.
Bular:
Toshkent davlat yuridik universiteti;
Toshkent pediatriya tibbiyot instituti;
Turin politexnika universiteti;
Urganch davlat universiteti.
"Ushbu maqom orqali yuqoridagi oliygohlar dunyoning top universitetlari reytingiga kirish uchun nomzod sifatida yana bir katta qadamni qo‘yishdi", — deyiladi vazirlik xabarida.
Qaysi xorijiy OTMlar diplomi O‘zbekistonda imtihonsiz tan olinadi
Young University Rankings reytingi dunyoning 50 va undan kichik yoshdagi eng yaxshi universitetlari ro‘yxatini tuzadi. Ro‘yxat World University Rankings flagmani bilan bir xil 13 ta mezon ko‘rsatkichlariga asoslangan. 2022-yilgi reyting 539 ta universitetni o‘z ichiga olib, shundan 251 ta oliygoh "Reporter" maqomiga ega bo‘lgan.
Yangiliklar lentasi
0