Siyosat

Samarqand shahriga yangi hokim tayinlandi

© Samarqand viloyati hokimligiFazliddin Umarov
Fazliddin Umarov - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 17.02.2022
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Shaharning sobiq hokimi Boburmirzo Oblaqulov boshqa ishga oʻtishi munosabati bilan vazifasidan ozod etilgan.
TOSHKENT, 17 fev — Sputnik. Samarqand shahar hokimligida oʻtkazilayotgan xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida tashkiliy masala koʻrildi.
Samarqand shahar hokimi vazifasida faoliyat olib borgan Boburmirzo Oblaqulov boshqa ishga oʻtishi munosabati bilan oʻz arizasiga asosan egallab turgan vazifasidan ozod etildi. U 2019 yil may oyida shahar hokimi boʻlgan edi.
Sessiyada deputatlar Fazliddin Umarov nomzodini shahar hokimi lavozimiga tasdiqlashdi.
Mazkur tayinlovga qadar Umarov Davlat soliq qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari – Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi direktori lavozimida faoliyat olib borgan.
Avvalroq Jahongir Hatamov Samarqand viloyati prokurori lavozimiga tayinlangani xabar qilingan edi.
Yangiliklar lentasi
0