U-23 Osiyo kubogiga qur’a tashlandi. O‘zbekiston qaysi guruhda?

© O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasiU-23 Osiyo kubogiga qur’a tashlandi
U-23 Osiyo kubogiga qur’a tashlandi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.02.2022
Obuna bo‘lish
Futbol bo‘yicha U-23 Osiyo kubogi saralash o‘yinlariga Toshkent mezbonlik qiladi.
TOShKENT, 17 fev — Sputnik. Toshkentdagi “Bunyodkor” stadionida U-23 Osiyo kubogiga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda 23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilardan iborat 16 ta terma jamoa 4 ta guruhga saralandi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi.
O‘zbekiston milliy jamoasi Eron, Qatar va Turkmaniston bilan A guruhidan o‘rin oldi.
© O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasiU-23 Osiyo kubogiga qur’a tashlandi
U-23 Osiyo kubogiga qur’a tashlandi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.02.2022
U-23 Osiyo kubogiga qur’a tashlandi
O‘zbekiston vakillari 1-iyun kuni Osiyo kubogining rasmiy ochilish o‘yinida Turkmaniston jamoasiga qarshi maydonga tushishadi. Musobaqa 2022-yil 1-19 iyun kunlari O‘zbekiston stadionlarida bo‘lib o‘tadi.
© Foto: O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi “A” guruhi taqvimi
 “A” guruhi taqvimi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.02.2022
“A” guruhi taqvimi
O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi 2018-yilda Xitoyda bo‘lib o‘tgan musobaqada Osiyo chempioni bo‘lgan edi. 2020-yilda esa to‘rtinchi o‘rin bilan kifoyalanishgan. Bu yil Janubiy Koreya yoshlar jamoasi chempionlik unvonini himoya qiladi. Chempionatning o‘zi 2013-yildan beri har ikki yilda bir marta o‘tkazib kelinmoqda.
Yangiliklar lentasi
0