Berdimuhamedov “Turkmanistonning mohir diplomati” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi

© Sputnik / Aleksey Drujinin / Mediabankka o‘tishPrezident Turkmenii Gurbanguli Berdimuxamedov
Prezident Turkmenii Gurbanguli Berdimuxamedov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.02.2022
Obuna bo‘lish
Gurbanguli Berdimuhamedov “Turkmanistonning mohir diplomati” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.
Gurbanguli Berdimuhamedov “Turkmanistonning mohir diplomati” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.
Turkmaniston parlamentining quyi palatasi — Majlis tomonidan tegishli qaror qabul qilindi.
Prezident mamlakat mustaqilligi va betarafligini mustahkamlash, tinchliksevar tashqi siyosati, davlat manfaatlarini himoya qilishga qo‘shgan hissasi hamda respublika diplomatlari kuni munosabati bilan (18 fevralda nishonlanadi) mukofotlandi.
11 fevral kuni Turkmaniston parlamentining yuqori palatasining navbatdan tashqari yig‘ilishida prezident Gurbanguli Berdimuhamedov endilikda Xalq maslahati raisi sifatida siyosiy tajribasini mamlakat taraqqiyotiga sarflash, o‘z o‘rnini yosh kadrlarga topshirish niyatida ekanini aytgandi.
12 fevral kuni mamlakatda navbatdan tashqari prezident saylovlari o‘tkazilishi e’lon qilindi.
Bosh vazir o‘rinbosari Serdar Berdimuhamedov nomzodi “Turkmaniston Demokratik partiyasi” tomonidan ilgari surildi.
Shuningdek, Mari viloyati hokimi o‘rinbosari, Turkmaniston Agrar partiyasi vakili Agadjan Bekmiradov muddatidan oldin o‘tkaziladigan prezidentlik saylovlariga navbatdagi nomzod sifatida ko‘rsatildi.
Yangiliklar lentasi
0