Rossiya strategik kuchlari mashqlarida ballistik va qanotli raketalarni uchirdi – video

© Ministerstvo oboroni RF / Mediabankka o‘tishUcheniya sil strategicheskogo sderjivaniya v Rossii
Ucheniya sil strategicheskogo sderjivaniya v Rossii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.02.2022
Obuna bo‘lish
Bugun Rossiya prezidenti Vladimir Putin rahbarligida strategik qo‘shinlarining reja asosida belgilangan mashg‘ulotlar o‘tkazildi.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko mashqlarni Kremldan kuzatishdi.
Rossiya mudofaa vazirligi strategik kuchlarning mashqlari tafsilotlarini e’lon qildi:
• "Kinjal" gipertovushli aeroballistik raketalari muvaffaqiyatli uchirildi.
• Shimoliy va Qora dengiz flotlarining kemalari va suv osti kemalari dengiz va yerdagi nishonlarga qarata “Kalibr” qanotli raketalari va “Sirkon” gipertovushli raketalari uchirildi.
• “Kapustin Yar” poligonidan “Iskandar” qanotli raketasi uchirildi.
• Kamchatkadagi “Kura” poligoniga qarata “Plesesk”dan “Yars” qit’alararo ballistik raketasi uchirildi.
• Tu-95MS uzoq masofali strategik raketa tashuvchilaridan uchirilgan qanotli raketalar “Pemboy” va “Kura” poligonlaridagi nishonlarni yakson qildi.
• Barens dengizidan “Kareliya” atom suv osti kemasidan “Sineva” ballistik raketasi “Kura” poligoniga uchirildi.
Yangiliklar lentasi
0