Buyuk Britaniya qirolichasi koronavirusga chalindi

© Sputnik / Sergey Guneyev / Mediabankka o‘tishKoroleva Velikobritanii Yelizaveta II, arxivnoe foto
Koroleva Velikobritanii Yelizaveta II, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.02.2022
Obuna bo‘lish
Bukingem saroyi Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II ning koronavirusga topshirgan testi musbat chiqqanini ma’lum qildi.
TOShKENT, 20 fev — Sputnik. Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II ning koronavirusga topshirgan testi musbat chiqdi. Bu haqda Telegraph gazetasi Bukingem saroyi ma’lumotlariga tayangan holda xabar bermoqda.
“Oliya hazratlari shamollashga o‘xshash yengil belgilarni his qilmoqda, lekin kelasi hafta davomida Vindzorda yengil majburiyatlarni bajarishni davom ettirishga umid qilmoqda”, - deyilgan xabarda.
Fevralning o‘ninchi sanalarida qirolichaning o‘g‘li taxt vorisi shahzoda Charlzda koronavirus aniqlangan edi. Keyin u qirolicha bilan muloqotda bo‘lgani xabar qilingan edi.
Qirolicha Yelizaveta II 95 yoshni qarshilagan. Bu yil taxtga o‘tirganining 70-yilligini nishonlaydi.
Yangiliklar lentasi
0