Davlat bojxona xizmati to‘g‘risidagi qonunga o‘zgartishlar kiritildi – tafsilotlar

© Sputnik / Maksim Bogodvid / Mediabankka o‘tishRabota tamojennogo posta
Rabota tamojennogo posta - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.02.2022
Obuna bo‘lish
Bojxona organlari endi terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqishda va amalga oshirishda ishtirok eta oladi.
TOShKENT, 20 fev — Sputnik. “Davlat bojxona xizmati to‘g‘risida”gi qonunga qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritildi. Tegishli hujjatga prezident imzo chekdi.
Shunga ko‘ra, bojxona organlarining:
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishda ishtirok etishi;
jismoniy va yuridik shaxslarga qonunchilikda belgilangan tartibda pulli xizmatlar ko‘rsatish huquqiga ega ekanligi;
bojxona nazoratini amalga oshirishda maxsus vosita sifatida xizmat itlaridan foydalanishi mumkinligi belgilandi.
Bojxona organlarida lavozimlar va ularga muvofiq maxsus unvonlar qo‘mita raisi tomonidan tasdiqlanadi.
Qonunda bojxona organlariga qabul qilingan xodimlarning majburiy tartibda birlamchi kasbiy qayta tayyorgarlikdan o‘tishi kerakligi belgilandi.
Sodir etgan jinoyati uchun ilgari hukm qilinganlar, qo‘llanilgan jazo turidan, sudlanganlik holati tugatilganligidan yoki olib tashlanganligidan va o‘ziga nisbatan amnistiya akti yoki afv etish qo‘llanilganligidan qat’i nazar yoxud yarashuv munosabati bilan jinoiy javobgarlikdan ozod qilingan fuqarolar bojxona organlariga xizmatga qabul qilinmaydi.
Bojxona, "korrupsiyadan xoli" tizim: Mirziyoyev qanday ko‘rsatmalar berdi
Davlat bojxona qo‘mitasi raisining buyrug‘i bilan O‘zbekiston yoki chet davlatning OTM va tashkilotlariga magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha o‘qishga yuborilgan bojxona organi xodimi o‘qish davrida, oxirgi egallagan lavozimidagidan kam bo‘lmagan miqdorlardagi pul ta’minoti saqlangan holda bojxona organlarining ixtiyorida qoldiriladi.
Yangiliklar lentasi
0