Luganskda Ukraina harbiylari hujumi oqibatida ikki kishi qurbon bo‘ldi

© Sputnik / Olesya Potapova / Mediabankka o‘tishV Luganske proizoshli dva vzriva
V Luganske proizoshli dva vzriva - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.02.2022
Obuna bo‘lish
Ta’kidlanishicha, Ukraina Qurolli kuchlari Pionerskoe qishlog‘idagi LXR Xalq militsiyasi pozitsiyasiga hujum qilishga urinishgan.
TOShKENT, 20 fev — Sputnik. O‘zini mustaqil deb e’lon qilgan Lugansk xalq respublikasida (LXR) ukrain harbiylarining yaqinidagi hujumi oqibatida ikki nafar tinch aholi halok bo‘ldi. Bu haqda LXR xalq militsiyasi xabar bermoqda.
Xabar berilishicha, yakshanba kuni ertalab ukrain qurolli guruhlari artilleriya ko‘magida jang qilib Severskiy Dones darosidan kechib o‘tgan va Pionerskoe qishlog‘idagi Xalq militsiyasi pozitsiyaga hujum qilishga uringan. Ularning hujumi qaytarilgan.

“Afsuski, Kiyev jangarilarining tajovuzlari oqibatida ikki nafar tinch aholi halok bo‘ldi, beshta turar joy vayron bo‘ldi”, - deyilgan xabarda.

RIA Novostining xabar berishicha, Rossiya Tergov qo‘mitasi rahbari Aleksandr Bastrikin LXRda Ukraina qurolli kuchlari hujumi tufayli ikki tinch aholining o‘limi yuzasidan jinoiy qo‘zg‘atishni topshirgan.
So‘nggi kunlarda Donbassdagi vaziyat jiddiy taranglashdi. Kiyev ilgari kelishilgan barcha kelishuvlarni e’tiborga olmasdan, o‘z armiyasining katta qismini DXR va LXR bilan tutashuv chiziqlarida to‘plamoqda. Muntazam ravishda ko‘ngillilarni, jumladan, taqiqlangan qurollar bilan o‘qqa tutmoqda. Ukraina tomonidan bostirib kirish tahdidi bo‘lgani sabab Donbassdan ayollar, bolalar va keksalarni Rossiyaning Rostov viloyatiga evakuatsiya qilish boshlandi. Bundan tashqari, u yerda umumiy harbiy safarbarlik e’lon qilindi.
Donbassdagi keskinlikni Ukrainani qurol-yarog‘lar bilan ta’minlab, u yerga harbiy instruktorlarini yuborayotgan AQSh va NATOning boshqa mamlakatlari oshirishmoqda. Moskva bir necha marta qurol-yarog‘ yetkazib berishni bas qilishga chaqirgan, chunki bu Kiyevni turli qaltis harbiy xatti-harakatlarni boshlashiga sabab bo‘lishi mumkin.

Mavzuga oid:

Donbassdan Rossiyaga 10 mingdan ortiq odam evakuatsiya qilindi
Portlashlar, otishmalar va evakuatsiya: Donesk va Luganskda kechasi nimalar sodir bo‘ldi
Ukraina harbiylari Luganskni o‘qqa tutishni kuchaytirdi
Yangiliklar lentasi
0