Hodisalar

Firdavs Abduxoliqovga jazo tayinlandi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovGlava "Uzbekkino" Firdavs Abduxalikov
Glava Uzbekkino Firdavs Abduxalikov - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 21.02.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Kinematografiya agentligi bosh direktoriga nisbatan sud jarayoni nihoyasiga yetdi.
TOSHKENT, 21 fev — Sputnik. Jinoyat ishlari boʻyicha Toshkent shahri Chilonzor tuman sudida Kinematografiya agentligi bosh direktori Firdavs Abduxoliqovga nisbatan sud jarayoni yakunlandi. Bu haqda Oliy sud matbuot kotibi xabar berdi.
Sud qaroriga koʻra, Abduxoliqov Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 175-8-moddasi (davlat xaridlari toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzish) 4-qismida nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarlikni sodir etgan deb topildi. Unga bazaviy hisoblash miqdorining 30 baravari miqdorida (8,1 mln soʻm) jarima jazosi tayinlandi.
Taʼkidlanishicha, u bu qaror ustidan belgilangan tartib va muddatda apellyatsiya shikoyati yoki protest berish mumkin.

Mavzuga oid:

Firdavs Abduxoliqovga qoʻzgʻatilgan maʼmuriy ish boʻyicha sud majlisi qoldirildi
Firdavs Abduxoliqovga nisbatan maʼmuriy ish ochildi
Kinematografiya agentligi va “Sevimli” oʻrtasidagi manfaatlar toʻqnashuvi tasdiqlandi
Yangiliklar lentasi
0