Video

Pekin-2022: qishki Olimpiya oʻyinlarining yopilish marosimi

Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Pekin shahrida XXIV qishki Olimpiya oʻyinlari oʻz nihoyasiga yetdi. Musobaqalar 4-20 fevral kunlari boʻlib oʻtdi.
Norvegiya 16 ta oltin, 8 ta kumush, 13 ta bronza (jami 37 ta medal) medali bilan mutlaq gʻolib boʻldi.
Rossiya jamoasi 6 ta oltin, 12 ta kumush va 14 ta bronza bilan 9-pogʻonani band etdi. Rossiyalik sportchilar medallar soni boʻyicha esa jamoalar orasida ikkinchi boʻlishdi. Ular Olimpiadada jami 32 ta medalga ega chiqishdi.
Pekin-2022 qishki Olimpiya oʻyinlarida Oʻzbekiston sharafini himoya qilgan yagona sportchi Komiljon Toʻxtayev gigant slalom yoʻnalishida 29-oʻrinni egalladi, slalom yoʻnalishida esa marra chizigʻiga yaqin joylashgan darvozadan oʻtishda xatoga yoʻl qoʻygani sabab musobaqadan chetlashtirildi.
Olimpiada bayrogʻi 2026 yilgi musobaqalarga mezbonlik qiluvchi Italiyaning Milan va Kortina-d'Ampetstso shaharlariga topshirildi.
Yangiliklar lentasi
0