Jamiyat

Toshkentda 7 tsisterna benzin oʻgʻirlagan guruh tergov qilinmoqda

V Tashkente ukrali benzin iz j.d. tsistern - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 21.02.2022
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Toshkentda Rossiyadan yuborilgan 7 tsisterna benzinni talon taroj qilgan jinoiy guruh tergov qilinmoqda.
TOSHKENT, 21 fev - Sputnik. Toshkentda 7 tsisterna benzin oʻgʻirlagan fuqarolar tergov qilinmoqda, deb xabar qilmoqda Transport va turizm obʼyektlarida xavfsizlikni taʼminlash departamenti.
Ushbu yilning 30 yanvar kuni fuqaro B.S, SH.D., D.I. va boshqa shaxslar jinoiy til biriktirib, Rossiya Federatsiyasi Orsk shahri neftni qayta ishlash zavodidan, Toshkent shahri, Sirgʻali 5-dahasida joylashgan “Carpe Diem Energy” MCHJ xorijiy korxonasiga yuborilgan 7 ta tsisterna vagonlarga yuklangan AI-95 markali benzin maxsulotlarini oʻgʻirlab olish ketish uchun vagonlarning tepa qismidagi lyukiga oʻrnatilgan tamgʻalarni kesib, vagonlarning lyuklarini ochib, oʻz boshqaruvlarida boʻlgan neft maxsulotlarini tashishga moʻljallangan transport vositalariga yuklab olib, voqea joyidan yashiringan.
Mazkur xolat yuzasidan Tergov boshqarmasi tomonidan JKning 169-moddasi 3-qismi "v-bandi" hamda 4-qismi “a” bandi bilan (uyushgan guruh tomonidan katta miqdorda neft mahsulotlari talon-taroj qilish uchun 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi).
Yangiliklar lentasi
0