“Yo‘l bezoriligi”ga chek qo‘yiladi - ichki ishlar vaziri

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaGlava MVD Uzbekistana Pulat Babadjanov
Glava MVD Uzbekistana Pulat Babadjanov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.02.2022
Obuna bo‘lish
Yil davomida meyoridan ortiq qoidabuzarlik qilgan haydovchilar boshqarish huquqidan mahrum qilinadi.
TOShKENT, 21 fev - Sputnik. “Yo‘l bezoriligi”ga chek qo‘yiladi hamda YPX xodimlariga shaxsiy himoya vositalaridan foydalanish huquqlari kengaytiriladi. Bu haqida Ichki ishlar vaziri, general-leytenant Po‘lat Bobojonov O‘zAga ma’lum qildi.

Yo‘l harakati xavfsizligi bilan bog‘liq qonunchilikning quyidagi bandlari takomillashtiriladi:

Transport vositasini qasddan tartibsiz boshqarish, o‘zboshimchalik bilan harakat qatnashchilarini to‘xtashga majbur qilish orqali xavfni yuzaga keltirganlik ("yo‘l bezoriligi") uchun javobgarlik belgilanadi;
O‘qitmasdan va o‘rgatmasdan haydovchilik guvohnomasini berish uchun ham jazo choralari ko‘zda tutiladi;
Yo‘l-patrul xizmati xodimlarining xizmat faoliyatiga noqonuniy aralashish, to‘sqinlik qilish yoki qarshilik ko‘rsatish holati sodir bo‘lganda YPX xodimlari shaxsiy himoya va faol mudofaa vositalaridan foydalanishi borasidagi huquqlari kengaytiriladi;
Haydovchi tomonidan 12 oy davomida sodir etilgan qoidabuzarliklar uchun hisoblangan jarima ballarining umumiy miqdori 12 balldan oshsa, u transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum qilinadi;
Qoidabuzarlik sodir etmagan haydovchilarga esa bonus ballari hisoblab boriladi;
Xalqaro standartlardan kelib chiqib - yo‘l harakati qoidalarining yangi tahririni ishlab chiqiladi. Unda Toshkent shahri va yirik shaharlardagi markaziy ko‘chalarda tezlik cheklovlari qayta ko‘rib chiqiladi.
Po‘lat Bobojonov, shuningdek, transport harakatini tashkil etishda sun’iy intellektga asoslangan "inson omili" ta’sirini cheklovchi raqamli texnologiyalarning joriy etilishi, haydovchilarni o‘qishtish va tayyorlash bazasini yangilash haqida aytib berdi.
Yangiliklar lentasi
0