Birinchi apreldan avtomobil xarid qilishning yangi tartibi belgilandi

© Press-slujba UzAuto Motors AO UzAuto Motors obyavlyayet o starte prodaj chetirex modeley brenda Chevrolet –Spark, Cobalt, Nexia i Lacetti v Tadjikistane

AO UzAuto Motors obyavlyayet o starte prodaj chetirex modeley brenda Chevrolet –Spark, Cobalt, Nexia i Lacetti v Tadjikistane
 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.02.2022
Obuna bo‘lish
Avtomototransport sotib olish bo‘yicha shartnomalarni boshqa shaxslarga sotish oldi olinadi, faqat haqqoniy xaridorlarga ustuvorlik beriladi.
TOShKENT, 22 fev - Sputnik. Ushbu yilning 1-aprelidan boshlab “UzAuto Motors” avtomobillarini xarid qilishda yangi tartib o‘rnatiladi.
Bu haqida 21-fevral kuni qabul qilingan “Avtomototransport vositalarini sotib olish jarayoniga axborot tizimlarini joriy etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 78-sonl Hukumat qarorida aytib o‘tilgan.
Qarorga uvofiq 1-apreldan boshlab “UzAuto Motors” AJ tomonidan avtomototransportni xarid qilish bo‘yicha shartnoma tuzgan shaxsga avtomatik ravishda rasmiylashtiriladigan hisob-ma’lumotni Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yo‘l harakati xizmatiga faqat elektron shaklda taqdim etish amaliyoti joriy qilinadi.
Ya’ni, shartnoma kimning nomiga rasmiylashtirilib Yo‘l harakati xizmati bazasiga kiritilgan bo‘lsa, avtotransport o‘sha shaxs nomiga rasmiylashtiriladi.
Mazkur tartib orqali avtomobil sotib olishda haqqoniy xaridorlarga ustuvorlik beriladi, fuqarolarning avtomototransport sotib olish uchun olgan shartnomalarini boshqa shaxslarga sotishining oldi olinadi.
Eslatib o‘tamiz, bir necha kun oldin O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev O‘zAvto Motors faoliyatini tanqid qilgan edi. Xususan prezident avtomobil xarid qilish uchun navbatni 1-mayga qadar yo‘q qilish vazifasini qo‘ygan edi.
Yangiliklar lentasi
0