O‘zbek olimlarining ishlanmasiga Rossiya patenti berildi

© Pexels/Chokniti KhongchumLaboratoriya
Laboratoriya  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.02.2022
Obuna bo‘lish
“Tug‘ma immunitet faolligini aniqlash usuli”ga Rossiya Federatsiyasi patenti olindi.
TOShKENT, 22 fev — Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Polimerlar kimosi va fizikasi instituti olimlari ishtirokida ishlab chiqilgan “Tug‘ma immunitet faolligini aniqlash usuli”ga Rossiya Federatsiyasi patenti olindi.
Ixtiro tibbiyot sohasiga, xususan, tug‘ma immunitet faolligini aniqlash usullariga taalluqli bo‘lib, virus kasalliklari va xavfli o‘simtalarni davolash usullarini tanlash va ularning samaradorligini baholashda qo‘llanilishi mumkin.
Taklif etilgan tug‘ma immunitet faolligini aniqlash usulini qo‘llashdagi olinadigan texnikaviy natija usulning qulayligi, ko‘p vaqt talab qilmasligi va uni joriy etish jarayoning arzonligi hamda qo‘yilgan masalaning hal etilishida imkoniyatlarning kengayishi bilan tavsiflanadi.
Yangiliklar lentasi
0