O‘zbekistonda yangi inomarkalar uchun bojxona boji pasaytirildi

© Aleksandr GalperinAvtomobil Hyundai
Avtomobil Hyundai  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.02.2022
Obuna bo‘lish
Prezident avtomobillar importi uchun boj to‘lovlarini ikki baravar kamaytirish to‘g‘risidagi qarorni imzoladi. Bu ayrim mashinalarga taalluqli.
TOShKENT, 22 fev — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev 21-fevral kuni “Avtotransport vositalarining ichki bozori rivojlanishini rag‘batlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi

Qarorga ko‘ra, avtomobillar olib kirishda bojxona to‘lovlari stavkalari ikki bosqichda pasaytiriladi.
1.
Hujjat imzolangan paytdan boshlab 2023-yil 1-yanvarga qadar bojlar ikki yoki undan ortiq baravarga pasaytiriladi. Bunda avtomobil dvigateli quvvati bo‘yicha qo‘shimcha koeffitsiyent miqdori ham kamaytiriladi.
2.
2023 yil 1-yanvardan bojxona stavkasi 15 foiz darajasida qoladi, qo‘shimcha koeffitsiyent ham pasaytiriladi.
Bojlar faqat chiqarilgan kundan boshlab O‘zbekiston bojxona chegarasini kesib o‘tish vaqtida 1-yildan ko‘p bo‘lmagan (bundan oldin – 3-yildan ko‘p bo‘lmagan) yangi avtomobillarga nisbatan qo‘llaniladi.
Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev 14-fevral kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda 1-mayga qadar "UzAuto Motors" avtomobillari uchun oldindan to‘lov miqdorini 85 foizdan 50 foizgacha pasaytirishni topshirgan edi. Qolaversa, import avtomobillari uchun “rastamojka”ni 2 barobarga (30 foizdan 15 foizga) pasaytirish bo‘yicha topshiriq berilgan. Prezident avtomobillar importi uchun bojxona bojlarini bosqichma-bosqich nol foizga qadar tushirish zarurligini ham ta’kidlagan edi.
Yangiliklar lentasi
0