Jamiyat

"Qarshi" aeroportida yoʻlovchilar toʻplanib qolish sababi maʼlum boʻldi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaMejdunarodnыy aeroport "Karshi"
Mejdunarodnыy aeroport Karshi - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 22.02.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
“Uzbekistan airports” AJning "Qarshi" aeroportida odamlar toʻplanib qolishiga doir rasmiy bayonot eʼlon qildi.
TOSHKENT, 22 fev - Sputnik. Bugun erta tongdan Qarshi aeroportiga Moskvaga uchib ketish uchun otlangan yoʻlovchilar toʻplana boshladi, deb xabar qildi Uzbekistan airports.
Mahalliy vaqt bilan soat 08:00 ga kelib, aeroportga 150 ga yaqin odam toʻplandi. Vaholanki ushbu aeroport jadvalida bunday parvoz yoʻq edi. Rossiyaning Red Wings aviakompaniyasining VZ-4492 parvozi Qarshi emas Navoiy aeroportidan soat 15:00 da amalga oshirilishi belgilangan edi.
© Uzbekistan AirportsSkopleniye lyudey v aeroportu "Karshi"
Skopleniye lyudey v aeroportu Karshi - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 22.02.2022
Skopleniye lyudey v aeroportu "Karshi"
Lekin yoʻlovchilar Easy Booking va Atlas Avia tour onlayn xizmatlari orqali xarid qilingan chiptalarda joʻnab ketish shahri - Qarshi, joʻnash vaqti esa - 08.00 deb koʻrsatilgan edi.
Qarshi aeroportining tushuntirishicha, baʼzi aviakassalar bir shahardan uchayotgan parvozga yoʻlovchilar yetishmasligini boshqa shahar orqali chipta sotish yoʻli bilan qoplaydi. Ushbu maqsadda chipta sotish vaqtida ular yoʻlovchilarga parvoz uchish shahri haqida ataylab notoʻgʻri maʼlumot bergan.
Lekin bunday holda ular yoʻlovchilarga bepul transfer tashkil qilib berishlari kerak, ammo bugun Qarshidan Navoiyga hech qanday tranfer tashkil qilingani yoʻq. Yoʻlovchilar qoʻshni shaharga oʻz hisobidan taksida borishga majbur boʻlishdi.
"Navoiy" aeroportida maʼlum qilinishicha, terminalga VZ-4492 reysi yoʻlovchilari kela boshladi. Parvoz uchun roʻyxatdan oʻtish mahalliy vaqt bilan soat 12:00da boshlangan.
Maʼlumot uchun, “Uzbekistan airports” AJ aviachiptalar sotish bilan shugʻullanmaydi.
Yangiliklar lentasi
0