Rossiya jamlanmoqda emas — Rossiya qaytmoqda

© Sputnik / Ilya Pitalev / Mediabankka o‘tishLyudi raduyutsya podpisaniyu dokumentov o priznanii Rossiyskoy Federatsiyey Luganskoy narodnoy respubliki (LNR) i Doneskoy narodnoy respubliki (DNR) v Doneske
Lyudi raduyutsya podpisaniyu dokumentov o priznanii Rossiyskoy Federatsiyey Luganskoy narodnoy respubliki (LNR) i Doneskoy narodnoy respubliki (DNR) v Doneske - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.02.2022
Obuna bo‘lish
Ukraina – bu shunchaki qo‘shni davlat emas, bizning tariximiz, madaniyatimiz va ruhiyatimizning ajralmas qismi - Putin.
Tarixiy sanaga aylanib ulgurgan 21-fevralning uchta asosiy voqesi– Xavfsizlik kengashining birinchi ochiq majlisi, Vladimir Putin murojaati hamda Donesk va Lugansk respublikalarini tan olish bo‘ldi. Ular orasida Putinning murojaati – eng ahamiyatlisidir. Chunki prezident o‘z nutqida nafaqat amalga oshirilayotgan ishlar mantiqini, balkim Rossiya nimaligini tushuntirib berdi. Rossiya prezidenti nafaqat bizning fuqarolarga – balkim Ukrainadagi vatandoshlarga ham murojaat qilayotganini alohida ta’kidlab o‘tdi.
Putinning nutqi DXR va LXRni tan olish yoki Ukraina voqealari haqida emas, asosan bizning Ukrainaga bo‘lgan munosabatimiz haqida edi.
Ukraina – bu shunchaki qo‘shni davlat emas, “bizning tariximiz, madaniyatimiz va ruhiyatimizning ajralmas qismi”, do‘stlarimiz va qarindoshlarimiz:
“Rossiyaning janubi-g‘arbiy qismida joylashgan aholi qadimdan o‘zini ruslar va pravoslavlar deb atagan. Ushbu yerda Rossiya davlatiga qo‘shilgan XVII asrga qadar ham shunday bo‘lgan, undan keyin ham”, - dedi Putin.
Bugungi Ukraina, “boshidan oxirigacha Rossiya tomonidan yaratilgan, aniqrog‘i kommunistik va bolshevistik Rossiya tomonidan”, - deb eslatdi Rossiya prezidenti. Ukraina, jumladan Malorossiyaga (ya’ni Ukrainaga) hech qanday aloqasi bo‘lmagan Rossiya yerlari hisobidan ham tashqil qilingan. Ushbu sun’iy birlashma 1991-yilda mustaqillikka erishdi. Kurashgani uchun emas, KPSSning nodon siyosati, "demokratiya va porloq kelajak to‘g‘risidagi yuzaki populistik gaplar” (Gorbachev nomi aytilmasa ham, gap kim haqida ketayotgani ma’lum) millatchilik va separatizm o‘sishiga va yagona davlat parchalanishiga olib keldi.
Rossiya ushbu yangi reallikni tan oldi – lekin oradan 30-yil o‘tib biz nimaning guvohi bo‘lmoqdamiz? Ukraina begona davlatning Rossiyaga qarshi o‘yini vositasiga, “qo‘g‘irchoq davlatga” aylanib qoldi. “Ushbu hudud kelajakda Rossiyaga qarshi urush uchun plasdarmga ham aylanishi mumkin”:
"Bizning oldingi avlodlarimiz ushbu gaplarni eshitganida edi ular bizga ishonmagan bo‘lardi. Biz ham bunga ishonishni istamaymiz” – Putinning ushbu so‘zlari uning rus xalqi oldidagi javobgarligidan hissidan darak beradi: o‘tganlar, bizning o‘zimiz va kelajak avlodlar oldidagi. Axir bunga qanday chidash mumkin – ruslarning bir qismidan boshqa ruslarga qarshi foydalanishsa? Rus yerlarining bir qismidan qolgan qismiga nisbatan xavf tug‘dirish uchun foydalanilsa? Hech bir xalq bunga chidab tura olmaydi. Ruslar ayniqsa, ular o‘z yerlarini, o‘z millatini jamlash, ularni chet ellik bosqinchilardan himoya qilish uchun qancha kuch sarflashgan.
Rossiya hech qachon Ukrainani atlantizatsiya qilishni tan olmaydi – va Putin buni yana bir marotaba tasdiqladi. Biz G‘arbdan Sharqqa kengayish rejasidan voz kechishni talab qilamiz. G‘arb bilan Ukraina uchun kurash olib borish maqsadida Putin sakkiz yil davomida davlat to‘ntarilishidan so‘ng Ukrainadan ajralib chiqqan respublikalarni tan olmay kelayotgan edi. O‘tgan vaqt davomida Kiyev o‘z yo‘nalishini o‘zgartirishiga, ichki reformalar amalga oshirishiga va Rossiyaga qarshi davlatga aylanib qolmasligiga umid qilgan edik. Lekin bu umidlar puch bo‘lib chiqdi, lekin Moskva baribir urinishda davom etdi. U G‘arbdan Rossiyaning Ukrainadagi manfaatlarini tan olishni, undan bizga qarshi foydalanishni bas qilishni talab qildi.
O‘tgan yillar davomida Donbass muallaq holda yashadi – u Rossiya alrni sotishidan qo‘rqmas faqat og‘ir iqtisodiy sharoitda yashab keldi. Rossiya ularga yordam berdi, lekin bu hayot emas yashash uchun kurash edi.
Respublikalarni rasman tan olish Donbassda normal hayotga qaytish imkonini beradi – uning iqtisodining Rossiyaga bog‘liqligi tiklanadi. Ular uchun Ukraina tomonidan boshqa hech qanday xavf yo‘q. Rossiya bilan imzolangan do‘stlik va hamkorlik shartnomasi – Ukrainaning har qanday ig‘volarini o‘ziga qarshi qaratadi. Shunday bo‘lsa-da Putin har ehtimolga qarshi ogohlantirib qo‘ydi:
“Kiyevda hukumatni egallab olganlardan biz jangovar harakatlarni darhol to‘xtatishni so‘raymiz. Qon to‘kish davom ettirilsa – bu to‘liq Ukrainani boshqarib kelayotgan rejim javobgarligida bo‘ladi”.
Ukrainaning qolgan qismi bilan nima qilish kerak? Kiyevga Donbass 2015-yildayoq kerak emas edi. Poroshenko uni Rossiyaga berishga tayyor edi. Ehtimol ushbu respublikalarni tan olish Kiyev uchun katta sovg‘a bo‘lgandir? Hozir u yerda – endi biz ozod bo‘ldik, bizni NATOga qabul qilishlari mumkin, degan fikrlar ham eshitilmoqda.
Yo‘q qabul qilishmaydi, chunki Rossiya Ukrainaning mustaqil davlatlini shubha ostiga qo‘ydi. “Ukrainada mustahkam davlat qurishga muvaffaq bo‘lmadi” dedi Putin va bir vaqtning o‘zida G‘arbga ushbu davlatni shimoliy alyansga qo‘shish rejasidan voz kechishni talab qilishda davom etmoqda. Ukraina NATOga qabul qilinishi mumkin emas – bu Rossiya uchun hal qilingan masala.
Chunki Ukraina – bu Rossiya, mayli hozir G‘arb ta’siri ostidagi mustaqil davlat bo‘lsa ham. Rus yerlari hech qachon Rossiyaga tahdid solish uchun G‘arb palsdarmiga aylanmaydi. Ushbu oddiy g‘oyani G‘arb inkor eta olmaydi. Bizning ogohlantirishlarimizni inobatga olmasliklari mumkin, albatta, lekin hatto anglo-saks davlatlar ham bunday qilishga jur’at eta olishmaydi.
Hozir G‘arb, albatta, yangi respublikalarni tan olishga keskin salbiy munosabat bildiradi, lekin jiddiy sanksiyalar bo‘lmaydi, lekin “rus bosqini” borasida yangi vasvasa boshlanadi. Hizir Donesk va Lugansk viloyatlarining katta qismi Ukraina nazorati ostida bo‘lib turibdi, lekin endi DXR va LXRda qo‘shin joylashtirish yoki ularga o‘z hududini qaytarish uchun yordam berishga Moskvaga kim to‘sqinlik qila oladi?
Chegaraning ikkala tomonidan turgan rus millati hayoti uchun javobgarlikdan boshqa - hech kim va hech narsa. Davlat instinkti – bu Putinga va ruslarga xos, lekin bugungi Ukraina elitasiga emas.
O‘z xalqiga muhabbat, o‘z avlodlari va tarixiga bo‘lgan hurmat – ruslarga xos tuyg‘udir, lekin Kiyevdagi muvaqqat hukumatga emas.
O‘z qardoshlar qonini to‘kish, ikki davlat urushi ko‘rinishida bo‘lsa ham fuqaro urushi haqidagi fikrlarni quvish istagidan boshqa narsa emas.
Shu sababdan ham Rossiya aldangan, lekin aybsiz qardoshlar qonini to‘kmaydi, lekin Ukrainada aksil-Rossiya davlati qurmoqchi bo‘layotganlarni ham tinch qo‘ymaydi. Nafaqat Kiyevda, balkim boshqa G‘arb poytaxtlarida ham. Donesk va Lugansk o‘z uyiga qaytdi – navbatda - qolgan Ukraina. Bu bo‘lajak tarix, lekin tarix ko‘z o‘ngimizda sodir bo‘lmoqda.
Yangiliklar lentasi
0