Jamiyat

Oʻzbekistonda elektromobillar uchun “quyosh” quvvatlash qurilmasi yaratilmoqda

© Depositphotos.com / NewAfricaZaryadka elektrokarov
Zaryadka elektrokarov - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 23.02.2022
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Bu bilan respublikada oʻrnatilgan har bir tizim yiliga 32 ming kVt.soat elektr energiyasi ishlab chiqarib, 950 ta elektromobillarni quvvatlash imkoniyati yaratiladi.
TOSHKENT, 23 fev — Sputnik. Oʻzbekistonda quyosh texnologiyalarini qoʻllagan holda elektromobillarni yuqori tezlikda quvvatlovchi qurilmalar yaratilmoqda. Bu haqda Energetika vazirligi xabar bermoqda.
Bu ish bilan Qayta tiklanuvchi energiya manbalari milliy ilmiy-tadqiqot instituti mutaxassislari shugʻulanishmoqda.
“Oʻzbekiston iqlim sharoitini hisobga olgan holda energiya saqlash tizimiga ega boʻlgan quyosh fotoelektr tizimi orqali mahalliy elektr tarmogʻi bilan parallel holda ishlaydigan elektromobillarni tez zaryadlash qurilmasi ishlab chiqilmoqda va barcha hududlarda joriy etiladi” – deyilgan xabarda.
Taʼkidlanishicha, buning natijasida respublikada oʻrnatilgan har bir tizim yiliga 32 ming kVt.soat elektr energiyasi ishlab chiqarib, 950 ta elektromobillarni quvvatlash imkoniyati yaratiladi. 11,2 ming kub metr tabiiy gaz tejalib, atmosferaga 19,8 tonna zararli gazlar chiqishining oldi olinadi.
UzAuto Xitoy bilan hamkorlikda elektromobillar ishlab chiqarishi mumkin
Eslatib oʻtamiz, joriy yilda mamlakatda elektromobillarni quvvatlantirish stantsiyalari tarmogʻini yaratish va rivojlantirish yuzasidan chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqilishi xabar qilingan edi.
Yangiliklar lentasi
0