Umurzakov Afg‘oniston muvaqqat hukumati rahbari bilan uchrashdi

© Press-slujba MIVT UzbekistanaV Kabule Sardor Umurzakov vstretilsya s ispolnyayushim obazannosti glavi Vremennogo pravitelstva Afganistana Mulloy Muxammadom Xasanom Axundom
V Kabule Sardor Umurzakov vstretilsya s ispolnyayushim obazannosti glavi Vremennogo pravitelstva Afganistana Mulloy Muxammadom Xasanom Axundom  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.02.2022
Obuna bo‘lish
Toliblar Mozori Sharifdagi xalqaro aeroport faoliyatini tiklash doirasida amalga oshirilgan ishlar uchun O‘zbekistonga minnatdorlik bildirishdi.
TOShKENT, 23 fev — Sputnik. Kobulda O‘zbekiston bosh vazirining o‘rinbosari Sardor Umurzakov Afg‘oniston muvaqqat hukumati rahbari vazifasini bajaruvchi Mulla Muhammad Hasan Oxund bilan O‘zbekiston-Afg‘oniston hamkorligini rivojlantirish masalalarini muhokama qildi.
© Press-slujba MIVT UzbekistanaV Kabule Sardor Umurzakov vstretilsya s ispolnyayushim obazannosti glavi Vremennogo pravitelstva Afganistana Mulloy Muxammadom Xasanom Axundom
V Kabule Sardor Umurzakov vstretilsya s ispolnyayushim obazannosti glavi Vremennogo pravitelstva Afganistana Mulloy Muxammadom Xasanom Axundom  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.02.2022
V Kabule Sardor Umurzakov vstretilsya s ispolnyayushim obazannosti glavi Vremennogo pravitelstva Afganistana Mulloy Muxammadom Xasanom Axundom
Investitsiya va tashqi savdo vazirligi matbuot xizmatiga ko‘ra, muzokaralar chog‘ida tomonlar o‘zaro munosabatlarni kompleks kengaytirishdan ikki taraf ham manfaatdor ekanliklarini bildirishdi.
Savdo-iqtisodiy, energetika, transport va logistika, madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha dolzarb vazifalar ko‘rib chiqildi.
Afg‘onistonda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, iqtisodiy faoliyatni qayta tiklashni jadallashtirish va barqaror tinchlikni saqlashga qaratilgan hamkorlikni tiklash bo‘yicha navbatdagi tadbirlar rejalashtirildi.
© Press-slujba MIVT UzbekistanaV Kabule Sardor Umurzakov vstretilsya s ispolnyayushim obazannosti glavi Vremennogo pravitelstva Afganistana Mulloy Muxammadom Xasanom Axundom
V Kabule Sardor Umurzakov vstretilsya s ispolnyayushim obazannosti glavi Vremennogo pravitelstva Afganistana Mulloy Muxammadom Xasanom Axundom  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.02.2022
V Kabule Sardor Umurzakov vstretilsya s ispolnyayushim obazannosti glavi Vremennogo pravitelstva Afganistana Mulloy Muxammadom Xasanom Axundom
"Termiz - Mozori-Sharif - Kobul - Peshovar" trans–afg‘on temir yo‘lini qurish loyihasi, shuningdek, "Surxon - Puli-Xumri" elektr uzatish liniyasini o‘tkazish loyihasini amalga oshirishga ko‘maklashish borasidagi navbatdagi tadbirlarga alohida e’tibor qaratildi.
“Afg‘oniston tomoni ushbu yo‘nalishda hamkorlikni davom ettirishga va loyihalarni amalga oshirishda faol ishtirok etishga tayyorligini bildirdi”, - deyilgan xabarda.
Shuningdek, Mozori Sharif shahridagi xalqaro aeroport faoliyatini tiklash doirasida amalga oshirilgan ishlar uchun O‘zbekistonga minnatdorlik bildirilgan.
O‘zbekiston bosh vazir o‘rinbosari Sardor Umurzoqov Kobulga keldi
Uchrashuv yakunida tomonlar o‘zbek-afg‘on hamkorligini yanada chuqurlashtirish bilan bog‘liq barcha masalalarni hal etishni jadallashtirish maqsadida muloqotni rivojlantirishga kelishib oldilar.

Toliblarning Afg‘oniston hukumatini egallab olishi

Avgust oyi o‘rtalarida "Tolibon"** a’zolari mamlakat poytaxti Kobulga bostirib kirib, prezident saroyini egallab olishdi.
31 avgustga o‘tar kechasi AQSh harbiylari Kobul aeroportini batamom tark etishdi va bu bilan Afg‘onistondagi qariyb 20-yillik amerika kampaniyasi o‘z yakuniga yetdi.
Toliblar Afg‘onistonning muvaqqat hukumati tarkibini e’lon qildi.
Muvaqqat hukumatni "Tolibon"* birinchi bor hukumat tepasiga kelganida TIV rahbari kursisini egallagan va hozirga qadar BMT sanksiyalari ostida qolib kelayotgan Muhammad Hasan Oxund boshqarishi ma’lum bo‘ldi.
*Tashkilot terrorchilik faoliyati uchun BMT sanksiyalari ostida.
Yangiliklar lentasi
0