O‘zbekistonda harbiy xizmatga navbatdagi chaqiruv e’lon qilindi

© Minoboroni UzbekistanaUzbekskie voyennie na ucheniya "Mirnaya missiya-2021"
Uzbekskie voyennie na ucheniya Mirnaya missiya-2021 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Obuna bo‘lish
Chaqiruv yoshidagi fuqarolari 2022-yilning mart-aprel oylarida muddatli harbiy xizmatga chaqiriladi.
TOShKENT, 24 fev — Sputnik. O‘zbekistonda muddatli harbiy xizmatga navbatdagi chaqiruv boshlanadi. Bu haqda prezidentning tegishli qarori e’lon qilindi.
Unga ko‘ra, chaqirilish muddatini kechiktirish va chaqirilishdan ozod etilish huquqiga ega bo‘lmagan chaqiruv yoshidagi fuqarolari 2022-yilning mart-aprel oylarida muddatli harbiy xizmatga chaqiriladi.
Harbiy xizmatga yaroqli, shu jumladan, cheklovlar bilan yaroqli bo‘lgan hamda chaqirilish muddatini kechiktirish va chaqirilishdan ozod etilish huquqiga ega bo‘lmagan, biroq ushbu chaqiruv davrida Qurolli kuchlar (QK) safiga chaqirilmaydigan fuqarolar safarbarlik chaqiruvi rezervi xizmatiga olinadi.
O‘zbekistonda harbiy xizmat to‘g‘risidagi qonunga o‘zgartish kiritilmoqda
Shuningdek, muddatli harbiy xizmatning belgilangan muddatini o‘tab bo‘lgan harbiy xizmatchilar 2022-yilning mart-aprel oylarida mamlakat QK rezerviga bo‘shatiladi.
Yangiliklar lentasi
0