Jamiyat

Ruc tili oʻqituvchilariga C1 sertifikati nima uchun kerak

© Sputnik / Vitaliy Belousov / Fotobankka oʻtishUrok russkogo yazыka
Urok russkogo yazыka - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 26.02.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Toshkentdagi “Ishga marhamat” monomarkazida rus tili va adabiyoti oʻqituvchilariga rus tilini bilish darajasini koʻrsatuvchi C1 sertifikatlari topshirildi. 158 ta nomzoddan 70 nafar oʻqituvchi sertifikatlarga ega boʻldi.
TOSHKENT, 26 fev - Sputnik, Anna Jelixovskaya. Oʻzbekistonda rus tili oʻqituvchilarini qoʻllab-quvvatlash uchun bir qancha ishlar amalga oshirilmoqda. Endi rus tilini bilish darajasini koʻrsatuvchi sertifikat C1 koʻrsatkichidan past boʻlmagan oʻqituvchilarning ish haqiga 50% ustama belgilanadi. Bu Vazirlar Mahkamasining “Chet tillarni oʻrganishni takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarorida nazarda tutilgan.
“Rus tili oʻqituvchilariga koʻrsatilayotgan gʻamxoʻrlik va yordam uchun respublika rahbariyatiga katta minnatdorchilik bildiraman. Oʻqituvchilar ish haqiga 50% ustama belgilanadi, imtihon xarajatlari toʻliq qoplandi”, deydi Rossiya Xalqlar Doʻstligi universiteti (RXDU)ning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi rahbari Andrey Kolesnikov.
“Ishga marhamat” monomarkazi negizida rus tili oʻqituvchilarining C1 darajasi test sinovlari RXDU Rus tili instituti tomonidan tashkil etildi. S1 darajasi rus tilida ravon gapirish va ishlash imkonini anglatadi.
Aytgancha, RXDUOʻzbekistonda birinchilardan boʻlib bunday imtihonni oʻtkazishni boshladi. Toshkentdagi Rossiya fan va madaniyat markazi (Rossotrudnichestvo) imtihonlarga maxsus kurslarda tayyorlanishda yordam beradi.
“Ushbu sertifikat oʻqituvchining adabiyot va tarixni bilishiva rus xalqi madaniyatidan xabardor ekanligini tasdiqlaydi”,-deydi RXDUuniversiteti Rus tili instituti direktorining birinchi oʻrinbosari Svetlana Elnikova.
158 ta nomzoddan 70 nafar oʻqituvchiga sertifikat topshirildi. Sertifikat sohibalaridan biri Toshkent viloyati Boʻstonliq tumanidagi 2-sonli kasb hunar maktabining rus tili va adabiyoti oʻqituvchisi Zulxumor Narmetovadir. U 20 yildan ortiq vaqtdan buyon taʼlim sohasida faoliyat yuritib kelmoqda.
"Men malaka oshirish maqsadida Rossiya xalqlar doʻstligi universitetiga bir necha bor borganman. Shuning uchun darhol test sinovlarida ishtirok etish uchun roʻyxatdan oʻtdim. Imtihonni birinchilar qatorida muvaffaqiyatli topshirdim va bundan juda xursandman. Avvalo, sinov menga bilimimni tekshirib koʻrish imkonini berdi. Yoshim 60 da, dars berishda davom etaman”,- deydi oʻqituvchi.
Imtihon tinglash, lugʻat, grammatika, oʻqish, yozish shartlari boʻyicha oʻtkaziladi. Imtihonning birinchi kunida test sinovlaridan muvaffaqiyatli oʻtganlar soʻzlashuv bosqichiga oʻtadi.
Kolesnikovning soʻzlarigakoʻra, kelajakdabunday sertifikatolgan oʻqituvchilarniRossiyada ishlashni xohlovchi fuqarolarnioʻqitish boʻyicha qoʻshimcha ishlarga taklif qilish rejalashtirilgan.
“Biz ushbu dasturni Oʻzbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan birgalikda amalga oshiryapmiz. Umid qilamizki, bu oʻqituvchilar uchun repetitorlik oʻrnini bosuvchi qoʻshimcha qonuniy daromadga aylanadi”, - deya qoʻshimcha qildi Andrey Kolesnikov.
Bugungi kunga qadar test sinovlarifaqat Toshkent shahrida oʻtkazilgan. Biroq, Rossiya xalqlar doʻstligi universitetining Oʻzbekistondagi vakolatxonasirahbarining soʻzlarigakoʻra, universitetning texnik va ilmiy salohiyati bilan ushbu imtihonlarni respublikaning boshqa viloyat markazlarida ham oʻtkazish mumkin. Buning uchun, rus tili boʻlimlari mavjud boʻlgan universitetlar negizida mos maydonlarni ishlab chiqish ishlari amalga oshirilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0