Iqtisod

Oʻzbekiston va Pokiston oʻrtasida tranzit savdo toʻgʻrisidagi bitim tasdiqlandi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaObmen dokumentami, podpisannыmi v ramkax vizita premyer-ministra Pakistana Imrana Xana
Obmen dokumentami, podpisannыmi v ramkax vizita premyer-ministra Pakistana Imrana Xana - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 27.02.2022
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Prezident qarori bilan Toshkentda imzolangan Oʻzbekiston va Pokiston hukumatlari oʻrtasida tranzit savdosi toʻgʻrisidagi bitim tasdiqlandi.
TOSHKENT, 27 fev — Sputnik. Oʻzbekiston va Pokiston hukumatlari oʻrtasida tranzit savdosi toʻgʻrisidagi bitim tasdiqlandi. Prezident Shavkat Mirziyoyev 25 fevral kuni tegishli qarorni imzoladi.
Oʻzbekiston va Pokiston hukumatlari oʻrtasida tranzit savdosi toʻgʻrisidagi bu bitim 2021 yil 15 iyulda Toshkent shahrida imzolangandi.
Investitsiya va tashqi savdo vazirligi, Transport vazirligi va Davlat bojxona qoʻmitasi ushbu xalqaro shartnomani amalga oshirish uchun masʼul vakolatli organlar etib belgilangan.
Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari mazkur xalqaro shartnoma kuchga kirgandan keyin Oʻzbekistonning majburiyatlari bajarilishini taʼminlaydi.
Oʻzbekiston va Pokiston “asr loyihasini” muhokama qildi
Eslatib oʻtamiz, 2021 yilning iyulida Pokiston bosh vaziri Imron Xon Oʻzbekistonga tashrif buyurgan edi. Tashrif doirasida 8 ta hujjat, jumladan, tranzit va savdo toʻgʻrisidagi hukumatlararo bitimlar almashilgan. Imzolangan shartmalar qiymati 500 million dollardan ziyod.
Yangiliklar lentasi
0