“Paxtakor” ikki karra O‘zbekiston Superkubogi sohibi

© Foto: FK "Paxtakor"Futbolisti kluba "Paxtakor"
Futbolisti kluba Paxtakor - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.02.2022
Obuna bo‘lish
Dragan Cheranning yagona goli ikkinchi marta “Paxtakorga” O‘zbekiston Superkubogini taqdim etdi.
TOShKENT, 27 fev — Sputnik. Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superkubogi bahsida "Paxtakor" va "Nasaf" jamoalari o‘zaro kuch sinashishdi.
O‘yin Yaypandagi "O‘zbekiston" stadionida bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvning birinchi bo‘limida hisob ochilmadi. 61-daqiqada “sherlar” vakili Dragan Cheran uzatilgan to‘pni boshi bilan raqib darvozasiga bexato joyladi.
© Foto: "Paxtakor" FK"Paxtakor" ikki karra O‘zbekiston Superkubogi sohibi
Paxtakor ikki karra O‘zbekiston Superkubogi sohibi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.02.2022
"Paxtakor" ikki karra O‘zbekiston Superkubogi sohibi
Superkubokdagi uchrashuv jamoaning yangi bosh murabbiyi Slavche Voyneski uchun rasmiy debutga aylandi.
Hozirga qadar “Paxtakor” Superkubokda to‘rt bor maydonga tushib, faqat 2021-yilda g‘alaba qozongan. O‘shanda ham “sherlar” Dragan Cheranning yagona goli evaziga bu sovrinni qo‘lga kiritishgan edi.
Yangiliklar lentasi
0