UzAirways uzoq tanaffusdan keyin Bokuga parvozlarni qayta tiklamoqda

© Press-slujba Uzbekistan airwaysBoeing 767- 3 CBER
Boeing 767- 3 CBER - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.02.2022
Obuna bo‘lish
Toshkent – Boku – Toshkent yo‘nalishidagi aviaqatnovlar 8-martdan qayta tiklanmoqda.
TOShKENT, 27 fev — Sputnik. Uzoq tanaffusdan so‘ng Ozarbayjon poytaxti Boku shahrigaga har hafta amalga oshiriladigan parvozlar 8-martdan qayta tiklanadi. Bu haqda “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasi xabar qildi.
Toshkent-Boku-Toshkent yo‘nalishidagi qatnovlar haftada bir marta – seshanba kunlari quyidagi jadvalga muvofiq amalga oshiriladi:
Toshkent – Boku: uchish vaqti soat 14:40, yetib borish vaqti soat 16:35 (mahalliy vaqt bilan);
Boku – Toshkent: uchish vaqti soat 17:35, yetib borish vaqti soat 21:10 (mahalliy vaqt bilan).
Yangiliklar lentasi
0