G‘arb Rossiyaga qarshi ikkinchi frontni ochdi: Iqtisodiy

© AP Photo / Virginia MayoFlagi SShA i Yevrosoyuza na zdanii Yevropeyskogo parlamenta v Brussele. Arxivnoe foto
Flagi SShA i Yevrosoyuza na zdanii Yevropeyskogo parlamenta v Brussele. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.02.2022
Obuna bo‘lish
Bu misralar yozilayotgan paytda rossiyalik harbiylar Xarkovga kirishgandi.
Xerson, Berdansk o‘rab olingan, Melitopol ozod qilingan. Rossiya maxsus xizmat xodimlari Kiyevni o‘rab olishni ta’minlab, Gostomel aeroportini egallab olishning ajoyib operatsiyasini amalga oshirishdi. Bu yigitlar haqida vaqti kelib kino olishadi, shubhasiz.
“Se Yevropa”, aftidan, tamom bo‘ldi. Zelenskiyning zirhli kiyimini muzeyga topshirishadi, kiyim egasi qayerdagi yo‘qolib qoldi va zaif ovoz bilan muzokaralar xususida og‘iz ochmoqda. Sobiq Ukraina, ehtimol, yana biroz tipirchilaydi (tovuq uzilgan boshi bilan hovli bo‘ylab uzoq yugurib yurishi mumkin), biroq umuman olganda uning taqdiri hal qilib bo‘lingan.
Bu orada g‘arblik hamkorlar shokdan zo‘rg‘a o‘zlariga kelishdi. Ular ham zudlik bilan Rossiya bilan urushini istashlari ma’lum bo‘ldi. Yo‘q, askarlarini Ukrainaga jo‘natishga ular jur’at qilishmayapti. Ularga Vladimir Putinning ogohlantirishi to‘liq yetib borganga o‘xshaydi: “Kimda kim bizga xalal berishga, boz ustiga mamlakatimiz, xalqimiz uchun tahdid tug‘dirishga urinsa, bilish qo‘yishlari shartki, Rossiyaning javobi bir zumda bo‘ladi va sizlarni o‘z tarixingizda hali hech qachon duch kelmagan oqibatlarga olib keladi”.
Biroq 404 mamlakatiga qurol-aslahaning yangi partiyasi jo‘natildi. Jo Bayden hozirgina Ukrainaga umumiy qiymati 350 million dollarlik qurol yuborishni ma’qulladi, Niderlandiya Kiyevga 50 ta “Panzerfaust” tankka qarshi granatomot va 400 ta reaktiv snaradlarini jo‘natmoqda.
“Panserfaust” nomini taniyapsizmi? To‘g‘ri, bu nemis granatomoti - fashistlar tomonidan Ulug‘ Vatan urushi vaqtida Sharqiy frontda faol foydalanilgan o‘sha granatomotning “nabirasi”.
Germaniya hukumati Ukrainaga nemis qurol-aslahasini yetkazib berishni ma’qulladi. Bir necha soat o‘tib o‘zlari ham qatnashishga qaror qilishdi – o‘zlarining mojaro hududlariga qurol jo‘natmaslik siyosatlariga xilof ravishda. Ming dona tankka qarshi qurol va 500 ta “Stingerlar” Ukrainaga yo‘l olmoqda. Ochig‘ini aytsak, biz ham hayron bo‘lmadik: GFR biroz ikkilanib, baribir uchinchi reyx yo‘lidan bordi.
Shu bilan birga o‘ta ketgan ikkiyuzlamachilik bilan G‘arb mamlakatlari BMT Xavfsizlik kengashida Rossiyani “agressiyani bas qilish” va qo‘shinlarni olib ketishga chaqirishmoqda. Nima uchun? U yerda xunrezlik yanada cho‘zilishi uchunmi?
Lekin g‘arblik kontragentlarimiz ko‘proq o‘z manfaatlarini ko‘zlashadi. Qanday qilib! G‘orat qilish uchun bunday bahona. Buning ortidan Rossiyaga bir necha sanksiyalar paketini yo‘llashdi – sanayverib esdan og‘adi kishi. Bu sanksiyalarning mazmuni nimada? Nosog‘lom raqobatda adminzaxira va xalqimizni ochiqchasiga g‘orat qilishdan foydalanish deyiladi.
O‘ttiz yil davomida Rossiya xalqaro hamjamiyatning qoidalari bilan halol o‘ynashga urindi. Qurbon berdik, mos kelishga intildik. JST, XVJ, Jahon banki, shular jumlasidan. Nima sababdan bu ishni qildik? O‘yinda qoidalar bilan o‘ynashni ta’minlash uchun. Chunki sog‘lom raqobatda dunyoning yetakchi davlatlaridan biri bo‘lishimiz mumkin edi. Va bu ro‘y berdi. Bugungi kunda Rossiya jahonning o‘ziga to‘q va muvaffaqiyatli rivojlanayotgan mamlakatlaridan biri. Buni iqtisoddan uzoq bo‘lgan kishi ham ko‘ra oladi.
Bu uchun ham bizni kechira olishmaydi? Qanday qilib? Oltin milliard so‘lib qoldi, ruslar esa kvartira ortidan kvartira, mashina ortidan mashina xarid qilishmoqda?
Rossiyaning Ukrainadagi harbiy operatsiyasi bunga bahona bo‘ldi, xolos. “Do‘zaxiy sanksiyalar” shundoq ham boshimizga yog‘ilardi. Biz ularni halol mehnatimiz bilan ishlab topdik. Biroq bugun bu shunchaki sanksiya emas. G‘arb ochiqchasiga Rossiyaga iqtisodiy urush e’lon qildi.
Mamlakat rahbariyatiga qarshi cheklovlar ham kiritilmoqda. Putin, Lavrov, Shoyguning mavjud bo‘lmagan hisoblarini muzlatish? Shunchaki kulguli, aslida. Ko‘rinib turibdiki, bu odamlarni Yelisey maydonlaridagi shopingdan ko‘ra boshqa jiddiyroq masalalar qiziqtiradi. Sen-Tropedagi bazmlarsiz ham ular kunlarini ko‘rishlari mumkin. Bo‘lmasa Rossiya davlatining butun siyosati mutlaqo boshqacha bo‘lgan bo‘lardi.
G‘arb davlatlari rahbarlari Rossiya yetakchilarining mavjud bo‘lmagan hisoblarini muzlatishga urinib, o‘zlarining ahmoqlik va pastkashliklarini namoyish qilishdi. Ular, ehtimol, bari shaxsiy hisob raqamdagi pullar bilan o‘lchanadi deb o‘ylashsa kerak. Mana shuning uchun ham ularni o‘z lavozimlarini ushlab turishibdi. Boshqalar u yerga kerak emas.
Albatta, ular bilan to‘xtab qolishmaydi. Rossiya banklarini SWIFT᾽dan uzib qo‘yishni boshlashdi. Yo‘q, bu halokatli emas. Hukumat oldindan choralarni ko‘rib qo‘ygan, va bugun hammasi ishlamoqda. Mamlakat ichida avvalgidek karta bilan qahvaxonadagi kapuchino va metro yoki teatr chiptasi uchun bemalol pul to‘lay olamiz. Ammo xorijda ko‘plab Rossiya banklarining kartalari ishlamaydi. Bu odamlarga berilgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri zarba. Bizning odamlarimizga. Ularning halol topgan pullariga. Bu moliyaviy bombardimon.
Bir vaqtning o‘zida AQSh va Yevropa ittifoqi Rossiya Markaziy bankining valyuta zaxiralariga sanksiya qo‘llamoqda. Bu yerda ham ayyorlikning bir turi bor. Markaziy bankimiz anchadan buyon, amerikaliklar tomonidan boshqariladigan xalqaro tuzilmalar emas, balki davlatimiz manfaati yo‘lida ishlab kelayotganini qanday tushunish mumkin.
Bugun aniq ma’lumki, MB dollarlari qaysi aktivlarda saqlanmoqda. Ulardan qanchasi muzlatilishi ayon emas. Va bu “bloklash” MB bozorimizdagi valyuta intervensiyasini qiyinlashtirishga qaratilgan, toki u tushib ketayotgan rublni qo‘llay olmasin.
Biroq oddiy tilda “sanksiya”, “muzlatish”, “bloklash” nima degani? Bu sodda qilib aytganda o‘g‘rilashni anglatadi. Talash. Tortib olish. Bir necha yil ilgari shunga o‘xshash tarzda Venesuela talon-taroj qilingandi. Hukumat o‘shanda Londondan ularning oltin zaxiralarini qaytarishni so‘ragani yodingizdami. “Yo‘q, bekorga ovora bo‘lasiz”, - deya javob bergandi London. Kuni kecha AQSh “muzlatib qo‘ydi” – rostini aytadigan bo‘lsak – Afg‘oniston MBning barcha moliyaviy aktivlarini o‘g‘irladi.
Maqtalgan “Qazzofiyning milliardlari” qani? Qayerda, qayerda, boshqalari bo‘lgan yerda. Amerikaliklar o‘g‘irlashgan. Endi ular Rossiya Markaziy bankini talon-taroj qilishmoqchi.
Ha, bu barchamiz uchun zarba, mamlakat uchun ham, oddiy xalq uchun ham. Ukrainadagi maxsus operatsiyani qo‘llashimiz yoki Ukraina bayrog‘ini ijtimoiy tarmoqlarda joylashimizdan qat’i nazar. Bu Rossiyaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri hujum.
Bugun dunyoning turli mamlakatlarida bezorilar Rossiya elchixonalariga hujum uyushtirishmoqda. Ijtimoiy tarmoqlarda Rossiyaga qarshi xeyt to‘lib toshgan. Britaniya parlamenti bosh vazir Jonson boshchiligida o‘ta ikkiyuzlamachilik bilan rus xalqiga qarshi hech qanday da’volari yo‘qligini aytishmoqda. Keyin esa mamlakatdan barcha ruslarni chiqarib yuborishga chaqirishmoqda. Nima uchun? Rus bo‘lganlari uchun.
Yevropa mamlakatlari bir-birlariga gal bermay Rossiya fuqarolalarining aktivlari va jamg‘armalarini tortib olishga oid tashabbus bildirishmoqda. “Tala, ich, dam ol!” Bularning hammasi bizga tanish. Sovet ittifoqining bosib olingan hududlarida yevropalik fashistlar bizni xuddi shunday jon-jahd bilan talon-taroj qilishmagan edimi? Leningrad yaqinidagi ship-shiydon qilib ketilgani saroy suratlar yodingizdami?
Balki, chiroyli jumlalar ortiga berkinishni bas qilish fursati yetgandir. Biz xushmuomilalik bilan rusofobiya deb atayotganimiz, bu aslida – aniq ko‘rishdagi neonatsizm. Fashizmning yangi nashri, to‘ldirilgan va tuzatilgan ko‘rinishi. Yana bizning ortimizdan kelishdi. Lekin bugungi kunda Rossiyaning bu hujumni qaytarish va unga to‘liq javob berishga barcha imkoniyatlari mavjud. Buni sakkiz yil kutdik. G‘alaba qozonish uchun.

Mavzuga oid:

Rossiya Davlat dumasi deputati G‘arbning ehtimoliy sanksiyalarini o‘g‘rilikka qiyosladi
Rossiyaga qarshi kiritilgan sanksiyalar sobiq Ittifoq hududiga qanday ta’sir qiladi?
Moskva Vashingtonning sanksiyalariga kuchli javob qaytarishga va’da berdi
"Qaroqchi kabi". AQSh afg‘onlar pulini tortib oldi
Yangiliklar lentasi
0