Abdulla Qo‘ldoshev nomzodi favqulodda vaziyatlar vaziri lavozimiga ma’qullandi

© Press-slujba xokimiyata Buxarskoy oblastiAbdulla Kuldashev
Abdulla Kuldashev - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.03.2022
Obuna bo‘lish
Deputatlar Abdulla Qo‘ldoshev nomzodini favqulodda vaziyatlar vaziri lavozimiga ma’qullashdi.
TOShKENT, 1 mar — Sputnik. General mayor Abdulla Qo‘ldoshev nomzodi favqulodda vaziyatlar vaziri lavozimiga ma’qullandi.
Qo‘ldoshevning nomzodi bu lavozimga Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida ko‘rib chiqilgan.
Abdulla Qo‘ldoshev favqulodda vaziyatlar vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi. Ilgari ichki ishlar vazirligi Yong‘in xavfsizligi instituti boshlig‘i bo‘lgan. 2005−2007 yillarda ichki ishlar vaziri o‘rinbosari bo‘lib ishlagan.
Favqulodda vaziyatlar vaziri vazifasini bajaruvchi sifatida ishlab kelgan Tursinxon Xudoyberganov esa mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vaziri vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib ma’qullangan.
Tursinxon Xudoyberganov 2018-yilning aprelida favqulodda vaziyatlar vaziri vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlangan edi. U 2010—2016 yillarda ham Favqulodda vaziyatlar vaziri lavozimida faoliyat yuritgan. 2017-yilning yanvarida buyon prezident maslahatchisi lavozimiga ishlab keladi.
Eslatib o‘tamiz, fevral o‘rtalarida mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vaziri Rahmat Mamatov Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlangan edi.
Yangiliklar lentasi
0