Jamiyat

Alisher Usmonov Xalqaro qilichbozlik federatsiyasi prezidenti lavozimini tark etdi

© Sputnik / Vladimir Astapkovich / Fotobankka oʻtishAlisher Usmanov
Alisher Usmanov - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 01.03.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
TOSHKENT, 1 mar — Sputnik. Asli kelib chiqishi oʻzbekistonlik boʻlgan rossiyalik tadbirkor Alisher Usmonov Xalqaro qilichbozlik federatsiyasi (FIE) prezidenti lavozimidan ketdi.
Uning soʻzlariga koʻra, 2022 yilning 28 fevralida Yevropa Ittifoqining sanktsiyalari ostida qolgan.
"Bu qarorni adolatsiz deb bilaman. Jazo choralari shaʼnim, qadr-qimmatim va ishchanlik obroʻyimga putur yetkazuvchi yolgʻon ayblovlar toʻplamidir. Oʻz shaʼnim va obroʻyimni himoya qilish uchun barcha qonuniy vositalardan foydalanaman. Shu tariqa adolat qaror topmaguncha, FIE prezidenti sifatidagi vazifamni toʻxtataman", — deb yozgan Usmonov oʻz murojaatida.
Alisher Usmonov 2008 yildan beri ushbu xalqaro tashkilotni boshqarib kelayotgan edi. U 2012, 2016, va 2021 yillarda federatsiya prezidenti lavozimiga qayta saylangan.
Yangiliklar lentasi
0