Iqtisod

Davlat xususiy sektorda ishlaydigan ayollarga homiladorlik nafaqasini qisman toʻlab beradi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovNatsionalnaya valyuta Uzbekistana — sum
Natsionalnaya valyuta Uzbekistana — sum - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 01.03.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Endi ularga ham 4 oyga 2 million soʻm miqdorida bir martalik homiladorlik nafaqasi toʻlab beriladi.
TOSHKENT, 1 mar — Sputnik. Davlat 2022 yil 1 sentyabrdan xususiy sektorda rasmiy ishlayotgan ayollarga homiladorlik nafaqasini kafolatli toʻlab beradi. Bu haqda prezident yigʻilish davomida maʼlum qildi.
Yigʻilishda davlat rahbari ayollarni ijtimoiy himoya qilishni tubdan kuchaytirish va bu boradagi yondashuvlarni qayta koʻrib chiqish vazifasini qoʻydi.
Mamlakatda har yili oʻrtacha 700 ming chaqaloq dunyoga kelmoqda. Farzandli boʻlgan ayollar kamida 4 oyga ishdan ajralishi, dekretga chiqishi kerak.
Prezidentning soʻzlariga koʻra, byudjet tashkilotlari homiladorlik nafaqasini toʻliq toʻlab bersada, xususiy sektorda bu xarajat tufayli ayollarni rasmiy ishga olishdan qochish holatlari ham bor.

“Shu bois, 2022 yil 1 sentyabrdan xususiy sektorda rasmiy ishlayotgan ayollarga homiladorlik nafaqasini davlat tomonidan kafolatli toʻlab beradigan tizim yaratiladi”, - dedi Shavkat Mirziyoyev.

Endi ularga ham 4 oyga 2 million soʻm miqdorida bir martalik homiladorlik nafaqasi toʻlab beriladi. Bu maqsadlar uchun, byudjetdan 2022 yilda 200 milliard soʻm, 2023 yilda esa 1,7 trillion soʻm yoʻnaltiriladi.
Yangiliklar lentasi
0