Situatsiya na granitse Krыma s Ukrainoy - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21 fevral kuni Donetsk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini eʼlon qildi, 24 fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini maʼlum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarogʻ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Kiyev Dubayga aylanmoqda

© AP Photo / Efrem LukatskyUkrainskiy flag i monument Rodina-Mat v Kiyeve
Ukrainskiy flag i monument Rodina-Mat v Kiyeve  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 01.03.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Ukraina hukumati feyk-axborot yordamida propaganda qilish hamda qoʻrqitish bilan aholini ushlab turibdi, oʻtgan sakkiz yil davomida ularning boshi "yaxshilab chayilgani" bunga yordam bermoqda.
Ukrainani “demilitarizatsiya va denatsifikatsiya” qilish boʻyicha maxsus harbiy operatsiya boshlangan kunidan besh kun oʻtdi. Kiyev uchun ushbu kunlar boshqa shaharlarga nisbatan tinch oʻtdi. Asosiy muammo – mahalliy hukumatning nooʻrin qarorlari tufayli kelib chiqdi: boshlanmagan evakuatsiya va (nafaqat Kiyev balkim boshqa shaharlarda ham) duch kelgan odamga avtomat tarqatish, yoʻq boʻlgan diversantlardan qoʻrqitish, 1,5 kunlik komendant soati va ho kazo.
Kiyevdan 10 km masofada joylashgan Gostomele aeroporti rus desantchilari tomonidan egallab olinganidan soʻng 26-27 fevral kunlariga kelib kiyevliklarda “dushman” ustidan gʻalaba qozonishga qandaydir ishonch paydo boʻla boshladi.
Bunga bir necha sabablar bor edi.
Birinchidan, kuchli davlat propagandasi.
Ikkinchidan, Ukraina Qurolli kuchlarining axborot-psixiologik maxsus operatsiyalari (IPSO). Ularga soʻnggi 8 yil davomida feyk xabarlar tayyorlash va ularni tarqatishni juda yaxshi oʻrgatishgan. Shu sabab Rossiya maxsus operatsiyalari boshlangan kunidan “dushmanning” minglab askarlari qurbon boʻlgani va tinch aholiga berilgan zarbalar haqida minglab feylar internet va ijtimoiy tarmoqlarni toʻldirib tashladi. Xususan, Kiyevdagi koʻp qavatli uyga “Buk” zenit-raketa majmuasi raketasi zarbasi, Xarkov chetidagi koʻp qavatli uylarni zenit-raketa majmuasidan oʻqqa tutilishi kadrlari – Rossiya zarbasi deb tarqatildi. Aholi ham bunga darhol ishondi.
Uchinchidan, aholi OAVda berilayotgan har qanday yolgʻonga ham hech ikkilanmasdan ishonmoqda.
Ukraina harbiylari Gostomelya aeroportini qayta egallab olgani haqidagi xabarlar 25 fevral kuni ikki marotaba takroran xabar qilindi. Lekin Rossiya harbiylari undan soʻng ham aeroportda qolishi, negadir hech kimni hayron qoldirmadi.
Zmeiniy orolida Rossiya harbiy dengiz floti bilan soʻnggi kuchi qolgunicha kurashib “qurbon boʻlgan” 13ta harbiylar voqeasi – juda xunuk chiqdi. Prezident Zelenskiy ularni hatta “oʻlimi munosabati bilan” Ukraina qahramoni” mukofotini berishga ulgurdi. Zmeiniy orolida qurolini jangsiz topshirgan 13 emas 82 nafar harbiylar Rossiya telekanallarida koʻrsatilganidan soʻng ham hech kim Zelenskiyga nega ularni “tiriklayin koʻmgani” haqida savol bermadi. Ukraina “feyk-axborot xizmati” darhol yangi versiya bilan chiqdi – “Putin dastlab Zelenskiyga notoʻgʻri maʼlumot bergan”. Shu sababli ham Zelenskiy yolgʻon axborot tarqatgan. Mutqal axmoqona boʻlishiga qaramasdan, ushbu versiya Kiyevda keng tarqaldi. (Putin Zelenskiy bilan bir necha oydan beri gaplashmay kelmoqda)
Harbiy asirlarga Ukraina Qurolli kuchlari tomonidan boʻlayotgan munosabat, afsuski aksariyat fuqarolarning ruhini koʻtarishga xizmat qildi. Ushbu holat – millatchilikni yoʻq qilish muhim masala ekanini anglatadi.
Ushbu vaziyatda Kiyevda yangi “ilhomlantiruvchi” feyklar tarqala boshlandi. “Dushmandan ustun kelsak boʻldi, Ukrainani darhol YEI va NATOga qabul qilishadi. Shundan soʻng esa investitsiyalar oqib kela boshlaydi. Ozgina chidasak boʻldi, keyin hayotimiz Dubaydagidek boʻladi” qabilida.
Eng kulgulisi, baxtli kelajak yaqinligi haqidaga mulohazalarni oziq-ovqat doʻkonlari va kam sonli ishlayotgan aptekalar oldidagi uzundan-uzoq navbatlarda eshitish mumkin edi.
Kiyevda hech qanday jangovar harakatlar olib borilayotgan boʻlmasa-da shahar hokimiyati 26 fevral soat 17 dan 28 fevral soat 8gacha qoʻmondonlik soat eʼlon qilib, odamlarni uylariga qamab qoʻyishdi. Bir yarim kun davomida odamlar hatto non va suv uchun koʻchaga chiqishi mumkin emasdi. Bundan soʻng 28 fevral kuni oziq-ovqat doʻkonlarida ulkan navbatlar paydo boʻldi. Aytish joizki hozir Kiyevda aholining 3/2 qismi qolgan. Shaharni tark etayotganlar uchun Kiyev hukumati hech qanday evakuatsiya tashkil qilmagan. Umuman Ukrainaning birorta shahrida ham mahalliy hukumat tomonidan aholini tashkillashtirilgan tartibda evakuatsiya qilish uchun hech qanday chor koʻrilgani yoʻq.
Aytish joizki, doʻkonlardan oziq-ovqatlar butunlay yoʻqolib ketgani yoʻq, lekin non va sut defitsitga aylanmoqda. Aksariyat tovarlar narxlari oʻsib bormoqda. Dori vositalari ham yoʻqolib bormoqda.
Shahar hokimiyati, ehtimol aholi zerikib qolmasligi uchun, tez-tez havo trevogasi eʼlon qilib turishibdi. Kiyevdagi koʻp qavatli uylar orasiga joylashtirilgan artilleriya esa Gostomel aeroportini oʻqqa tutib turibdi. Noaniq oʻqqa tutishlar oqibatida aeroport atrofida joylashgan uylardan hech narsa qolmasa kerak. Donetsk va Gorlovkaga berilgan zarbalar yagona emas. Kiyev atrofida joylashgan aholi punktlariga ham zarba berilmoqda. Yoʻq qilingani haqida Zelenskiy xabar bergan “Mriya” samolyoti ham hozir Gostomelni egallab turgan rus kuchlari tomonidan urib tushirilmagan.
Kiyevliklar orasida keng tarqalgan vahimalardan yana biri – diversantlar. Aholiga tartibsiz va cheklovsiz oʻn minglab avtomatik qurol tarqatish oqibatida 25 fevral kuni tinch aholi orasida birinchi qurbonlar boʻldi. Shundan soʻng bepul avtomat egalari “diversantlar ovlash” ommaviy mashgʻulotga aylandi va yana bir jazosiz jinoyat sodir etildi. Mer Klichko kommendantlik soati davomida avtomobil haydagan har bir kishini diversant deb eʼlon qildi va ularni oʻqqa tutishga ruxsat berdi. Shunga oʻxshash buyruqlarni boshqa shahar merlari ham berishdi. Shu orada diversantlar qoldirgan belgilarni qidirish va telefonda geolokatsiya xizmatini oʻchirib qoʻyish haqida IIVning oʻzi ogohlantirdi.
Toʻgʻri, Kiyevda Rossiya askarlarini unchalik kutishmayapti. Aksariyat aholining miyasi juda yaxshi chayilgan. Aytish joizki, ukrainaning sharqiy hududlarida ham rus askarlariga munosabat kutilganidek aʼlo emas. Bunga turli sabablar bor. Ulardan biri – aholining oʻz kelajagiga ishonchi yoʻqligi, ertaga ruslar ham ketsa keyin holimiz ne kechadi degan fikrlar ham xalal bermoqda. Ukrainada 2014 yilda yangi hukumatga qarshi boʻlganlar keyinchalik turli qiynchiliklarga duch kelgan, qamoqqa olingan hatto umridan judo boʻlgan.
Aholini qoʻrqitish esa haliyam davom etmoqda: Kupyansk shahi meriga qarshi jinoiy ish ochildi, chunki u Rossiya Qurolli kuchlari bilan hamkorlik qilishga qaror qilgan. Faqat Donetsk va Luganskda vaziyat boshqacha.
Rossiya tomonidan DXR va LXRning tan olinishi bir necha oydan soʻng ularning mustaqil fikrlashi, fuqarolik pozitsiyasi uchun yoqib yuborishmasligi yoki tiriklayin koʻmishmasligining kafolatiga aylandi. Boshqa viloyatlarda ham odamlar kafolatga ega boʻlmasdan turib oʻz fikrini baralla aytishdan xavfsirab turishibdi.
Yangiliklar lentasi
0