Situatsiya na granitse Krыma s Ukrainoy - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21 fevral kuni Donetsk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini eʼlon qildi, 24 fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini maʼlum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarogʻ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Lukashenko: Ukraina mojarosi – Gʻarb siyosatining natijasi

© Sputnik / Sergey Guneyev / Fotobankka oʻtishPrezident RF V. Putin provel peregovorы s prezidentom Belorussii A. Lukashenko
Prezident RF V. Putin provel peregovorы s prezidentom Belorussii A. Lukashenko - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 01.03.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Belarus yetakchisi Ukrainadagi mojaro bu Gʻarbning oʻylamay qilgan siyosatining oqibati ekanini aytdi.
TOSHKENT, 1 mar — Sputnik. Ukrainadagi mojaro bu Gʻarbning oʻylamay qilgan siyosatining oqibatidir, deb hisoblaydi Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko.
Bu haqda u respublika Xavfsizlik kengashi yigʻilishi davomida maʼlum qildi.
“Hozirgi vaziyat, bu qanchalik qaygʻuli boʻlmasin, Gʻarbning boshqalar xavfsizligi zarariga oʻz manfaatlarini oʻtkazishga qaratilgan bemulohaza siyosatining natijasidir”, - dedi Lukashenko.
Belarus rahbari Rossiyaning maxsus harbiy operatsiyasi boshlanishidan oldin Minsk Kiyevga Moskva bilan toʻgʻridan-toʻgʻri aloqa oʻrtatishni taklif qilganini taʼkidladi, ammo bu taklif eʼtiborga olinmagan.
21 fevral kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin DXR va LXR rahbarlarining ular suverenitetini tan olishni soʻrab qilgan murojaatlariga javoban tegishli farmonlarga imzo chekdi. 24 fevral kuni esa Donbass hududida maxsus harbiy operatsiya boshlanganini eʼlon qildi. Ushbu maxsus harbiy operatsiyaning maqsadi – Ukrainadagi harbiy infratuzilmani yoʻq qilish va uni millatchilardan tozalash.
Gʻarb Rossiyaga ortdan zarba berish rejasini ishlab chiqqan – Lukashenko
Rossiya Mudofaa vazirligi xabariga koʻra, Rossiya Qurolli kuchlari aniq nishonga oluvchi qurollar yordamida Ukraina hududidagi harbiy obʼyektlarni yoʻq qilmoqda, shaharlariga, tinch aholiga zarba berilgani yoʻq.
Yangiliklar lentasi
0