Mart oyida beqaror ob-havo kuzatiladi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovVesna v Tashkente
Vesna v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.03.2022
Obuna bo‘lish
Mart boshida kunlar isib ketadi, 5-martdan esa mamlakat hududlari bo‘ylab yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi kutilmoqda.
TOShKENT, 1 mar — Sputnik. Bu yilgi mart oyi ham harorat ko‘tarilishi bilan boshlanadi, deb xabar bermoqda O‘zgidromet.
1-4 mart kunlari havo harorati asta-sekin ko‘tariladi va 4-martga kelib havo kunduzi +20...+23 daraja iliqgacha isiydi. Shu kunlari asosan quruq ob-havo kutilmoqda, faqat respublikaning ayrim hududlarida 1-martda kunduzi va 2-martga o‘tar kechasi biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin.
5 martdan boshlab ob-havo o‘zgara boshlaydi. Respublika bo‘yicha yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi, ba’zi joylarda kuchli shamol esishi va mart oyining birinchi o‘n kunligi uchun meyorga yaqin qiymatlargacha havo harorati pasayishi mumkin.
Keyin esa oy oxirigacha mart oyiga xos bo‘lgan beqaror ob-havo kutilmoqda. Bahorning birinchi oyi harorat keskin o‘zgarishi bilan tavsiflanadi, bunda tez isish davrlari keskin sovuq davrlar bilan almashadi, ba’zida esa qisqa muddatga yomg‘ir qorga aylanishi va kechasi harorat manfiy qiymatlargaga pasayishi bilan kuzatiladi.
Ta’kidlanishicha, so‘nggi yillarda O‘zbekistonda mart oylari iliqlashdi. 2008, 2016, 2018-yillarning mart oyilari barcha kuzatuv yillari uchun eng iliq uchlikka kirdi. Mart oyining eng iliq kunlarida esa harorat +30...+32 daraja iliqgacha, janubda ba’zi joylarda +35...+37 daraja iliqgacha ko‘tarilgan.
O‘zbekistonda mart oyi yog‘ingarchilik miqdori bo‘yicha ham, yog‘ingarchilik kunlari soni bo‘yicha ham yilning eng yog‘ingarchilik ko‘p bo‘ladigan oyi deb hisoblanadi. Shimoliy hududlar va cho‘l zonasini hisobga olmaganda, mart oyida o‘rtacha 10 kundan 15 kungacha yog‘ingarchilik bo‘ladigan kunlar kuzatiladi.
Yangiliklar lentasi
0