Iqtisod

Rublning soʻmga nisbatan kursi keskin pasaydi - MB

© Sputnik / Vladimir TrefilovRubl
Rubl - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 01.03.2022
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Biroz oldin Oʻzbekiston Markaziy banki Ukrainadagi vaziyat oʻzbek soʻmi uchun hech qanday tahdid solmasligini maʼlum qilgan edi.
TOSHKENT, 1 mar — Sputnik. Oʻzbekistonda rubl kursi sezilarli darajada pasaydi, deb xabar qilmoqda Markaziy bank.
Rossiya rublining rasmiy kursi 1 mart kuni 21,46 soʻmga pasayib 106,6 soʻmni tashkil qildi. Bu soʻnggi koʻrsatgichga qaraganda 16,5%. Bu 2017 yilning avgustidan buyon kuzatilgan eng past kurs boʻldi.
Biroz oldin Markaziy bank Ukrainadagi vaziyat tufayli oʻzbek soʻmi uchun hech qanday tahdid koʻrmayotganini, lekin shu bilan birga, Rossiyaga nisbatan nisbatan kiritilgan Gʻarb sanktsiyalarning Oʻzbekiston iqtisodiga yettkazishi mumkin boʻlgan oqibatlarini baholash hozircha murakkab ekanini taʼkidlagan edi.
Maʼlumot uchun, bugungi kunda Rossiyada 1 milliondan ortiq Oʻzbekiston fuqarolari mehnat qilmoqda. Rossiyadan joʻnatilayotgan pul oʻtkazmalari ularning oilalari uchun muhim daromad manbai boʻlib qolmoqda. Bugungi kun holatiga Rossiyada Oʻzbekistonga pul joʻnatish tizimlarining barchasi odatiy tartibda ishlamoqda.
Biroz oldin Hamkorbank Rossiyaning "Sberbank"i orqali pul oʻtkazmalari vaqtincha toʻxtatilganini maʼlum qilgan edi, lekin soʻnggi maʼlumotlarga koʻra "Sberbank" va Hamkorbank orasida pul oʻkazmalari tizimi qayta ishga tushgan.
Yangiliklar lentasi
0