Ukrainadan evakuatsiya qilingan o‘zbekistonliklar Toshkentga yetib keldi

© Press-slujba prezidenta TatarstanaMejdunarodniy aeroport Tashkenta
Mejdunarodniy aeroport Tashkenta - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.03.2022
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston fuqarolarini Polshadan maxsus aviareyslar yordamida Toshkentga olib kelish - Hukumat tomonidan bepul tashkil etilmoqda.
TOShKENT, 1 mar - Sputnik. Ukrainadan evakuatsiya qilingan o‘zbekistonliklarning ilk guruhi Toshkentga yetib keldi, deb xabar qilmoqda Transport vazirligi.
Uzbekistan Airways aviakompaniyasi samolyoti Ukrainadan Polshaga evakuatsiya qilingan O‘zbekiston fuqarolarinining ilk guruhini 28-fevral soat 22:49 da “Toshkent” xalqaro aeroportiga olib keldi.
Ushbu maxsus reys bilan 251 nafar O‘zbekiston fuqarosi Polshaning Katovitse shahridan olib kelindi. Evakuatsiya qilingan fuqarolarning 37 nafari bolalar va 10 nafari chaqaloqlar (go‘daklar).
Navbatdagi maxsus parvoz 1-mart kuni amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
Ma’lumot uchun, fuqarolarni Polshadan maxsus aviareyslar yordamida Toshkentga olib kelish - O‘zbekiston hukumati tomonidan bepul tashkil etilmoqda. Ukrainadagi O‘zbekiston fuqarolarini Polshaga favquolodda evakuatsiya qilish hamda ularni O‘zbekistonga favqulodda jo‘natish ishlari O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi tomonidan muvofiqlashtirilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Ayni damda Ukrainada 4,3 mingga yaqin O‘zbekiston fuqarolari bor. Qisqa vaqt ichidan ulardan 1,5 ming nafarini O‘zbekistonga evakuatsiya qilish rejalashtirilgan. Evakuatsiya Lvov va Polsha orqali maxsus tashkil qilingan avtobuslarda amalga oshirilmoqda. Katovitse shahridan Uzbekistan Airwaysning maxsus parvozlari barcha fuqarolar olib chiqilganiga qadar har kuni tashkil etish rejalashtirilgan.
Yangiliklar lentasi
0