https://oz.sputniknews-uz.com/20220302/aqsh-rossiya-samolyotlari-uchun-havo-hududini-yopdi-23070231.html
AQSH Rossiya samolyotlari uchun havo hududini yopdi
AQSH Rossiya samolyotlari uchun havo hududini yopdi
Yevropa Ittifoqi ortidan AQSH ham Rossiya samolyotlari uchun oʻz havo hududini yopdi.
2022-03-02T09:46+0500
2022-03-02T09:46+0500
2022-03-02T09:48+0500
rossiyaning donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
rossiya
aqsh
ukraina
/html/head/meta[@name='og:title']/@content
/html/head/meta[@name='og:description']/@content
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e4/09/0f/14979814_0:273:3095:2013_1920x0_80_0_0_ce908821efd70a48cbb0d8a9748863d8.jpg
TOSHKENT, 2 mar — Sputnik. Vashington Rossiyaning barcha samolyotlari uchun havo hududini yopadi, dedi AQSH prezidenti Jo Bayden, seshanba kuni AQSH kongressida soʻzlagan nutqida. AQSH Transport vazirligi xabariga koʻra, taʼqiq barcha Rossiya parvozlariga tegishli boʻladi, jumladan charter parvozlarga ham. Maʼlumot uchun, Donbassdagi maxsus harbiy operatsiya boshlanganidan soʻng dastlab Buyuk Britaniya Rossiyaning Aeroflot kompaniyasi uchun barcha parvozlarni taʼqilab qoʻydi. Bunga javoban Rossiya Britaniya samolyotlari uchun oʻz havo hududini yopdi. Shundan soʻng Yevropa ittifoqi aʼzolari Rossiya samolyotlariga oʻz osmonida parvoz qilishni taʼqiqlab qoʻydi. Bunga javoban Rossiya ham 36ta davlat havo kemalari uchun oʻz osmonini yopdi. Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasiEslatib oʻtamiz, soʻnggi kunlarda Donbassda vaziyat keskin tus ola boshladi. Ukraina koʻp sonli harbiylarni tutash chizigʻi yaqiniga toʻplab, Minsk shartnomalarida taʼqiqlangan qurollar yordamida DXR va LXRni oʻqqa tutishni kuchaytirdi.Ukraina askarlarining bostirib kirishi xavfi ostida, DXR va LXR maʼmuriyati ayollar, bolalar va keksalarni evakuatsiya qilishni boshladi. 19 fevral kuni ushbu respublikalar rahbarlari Rossiya prezidenti Vladimir Putinga DXR va LXR suverenitetini tan olishni soʻrab murojaat qilishdi.21 fevral kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin DXR va LXR mustaqilligini tan olish haqida farmonni imzoladi.24 fevral kuni esa, Vladimir Putin Donbass hududida maxsus harbiy operatsiya boshlanganini eʼlon qildi.Ushbu maxsus harbiy operatsiyaning maqsadi - Ukrainani bosib olish emas, u yerdagi harbiy infratuzilmani yoʻq qilish va Ukrainani millatchilardan tozalash, ekani alohida taʼkidlab oʻtildi. Rossiya prezidenti, shuningdek Ukraina harbiylariga alohida murojaat qilib, qoʻmondonlikning jinoyatkorona buyruqlarini bajarmaslikni, qurollarini topshirib, jangdan voz kechishni taklif qildi.Mudofaa vazirligi xabariga koʻra, Rossiya Qurolli kuchlari aniq nishonga oluvchi qurollar yordamida Ukraina hududidagi harbiy obʼyektlarni yoʻq qilmoqda, shaharlariga, tinch aholiga zarba berilgani yoʻq. Qurolini topshirayotgan Ukraina harbiylariga hurmat bilan munosabatda boʻlinmoqda.Ayni damda Ukraina hududida asosan millatchi guruhlar qarshilik koʻrsatmoqda. Ular artilleriya qurollaridan DXR va LXR hududlarini oʻqqa tutishmoqda. Kiyevda millatchilar reaktiv oʻqotar qurollar va gaubitsalarni koʻp qavatli binolar orasiga joylashtirib, tinch aholidan "tirik qalqon" sifatida foydalanmoqda.Undan tashqari Kiyev va boshqa shaharlarda aholiga oʻqotar qurollar nazoratsiz tarqatilmoqda. Buning oqibatida bir necha baxtsiz hodisalar ham sodir boʻldi.
rossiya
ukraina
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2022
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e4/09/0f/14979814_140:0:2871:2048_1920x0_80_0_0_67e578e61d860a709d5ae19c7edb4925.jpgSputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
rossiya, aqsh, ukraina
AQSH Rossiya samolyotlari uchun havo hududini yopdi
09:46 02.03.2022 (yangilandi: 09:48 02.03.2022) AQSH Transport vazirligi xabariga koʻra, taʼqiq barcha Rossiya parvozlariga tegishli boʻladi, jumladan charter parvozlarga ham.
TOSHKENT, 2 mar — Sputnik. Vashington Rossiyaning barcha samolyotlari uchun havo hududini yopadi, dedi AQSH prezidenti Jo Bayden, seshanba kuni AQSH kongressida soʻzlagan nutqida.
"Men bugun ittifoqchilarimiz ortidan, Rossiyani yanada koʻproq izolyatsiya qilish va uning iqtisodiga bosimni kuchaytirish uchun, Rossiya samolyotlari uchun Amerika havo hududini yopishni eʼlon qilaman", - dedi AQsh prezidenti.
AQSH Transport vazirligi xabariga koʻra, taʼqiq barcha Rossiya parvozlariga tegishli boʻladi, jumladan charter parvozlarga ham.
Maʼlumot uchun, Donbassdagi maxsus harbiy operatsiya boshlanganidan soʻng dastlab Buyuk Britaniya Rossiyaning Aeroflot kompaniyasi uchun barcha parvozlarni taʼqilab qoʻydi. Bunga javoban Rossiya Britaniya samolyotlari uchun oʻz havo hududini yopdi.
Shundan soʻng Yevropa ittifoqi aʼzolari Rossiya samolyotlariga oʻz osmonida parvoz qilishni taʼqiqlab qoʻydi. Bunga javoban Rossiya ham 36ta davlat havo kemalari uchun oʻz osmonini yopdi.
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Eslatib oʻtamiz, soʻnggi kunlarda Donbassda vaziyat keskin tus ola boshladi. Ukraina koʻp sonli harbiylarni tutash chizigʻi yaqiniga toʻplab, Minsk shartnomalarida taʼqiqlangan qurollar yordamida DXR va LXRni oʻqqa tutishni kuchaytirdi.
Ukraina askarlarining bostirib kirishi xavfi ostida, DXR va LXR maʼmuriyati ayollar, bolalar va keksalarni evakuatsiya qilishni boshladi. 19 fevral kuni ushbu respublikalar rahbarlari Rossiya prezidenti Vladimir Putinga DXR va LXR suverenitetini tan olishni soʻrab murojaat qilishdi.
21 fevral kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin DXR va LXR mustaqilligini tan olish haqida farmonni imzoladi.
24 fevral kuni esa, Vladimir Putin Donbass hududida maxsus harbiy operatsiya boshlanganini eʼlon qildi.
Ushbu maxsus harbiy operatsiyaning maqsadi - Ukrainani bosib olish emas, u yerdagi harbiy infratuzilmani yoʻq qilish va Ukrainani millatchilardan tozalash, ekani alohida taʼkidlab oʻtildi. Rossiya prezidenti, shuningdek Ukraina harbiylariga alohida murojaat qilib, qoʻmondonlikning jinoyatkorona buyruqlarini bajarmaslikni, qurollarini topshirib, jangdan voz kechishni taklif qildi.
Mudofaa vazirligi xabariga koʻra, Rossiya Qurolli kuchlari aniq nishonga oluvchi qurollar yordamida Ukraina hududidagi harbiy obʼyektlarni yoʻq qilmoqda, shaharlariga, tinch aholiga zarba berilgani yoʻq. Qurolini topshirayotgan Ukraina harbiylariga hurmat bilan munosabatda boʻlinmoqda.
Ayni damda Ukraina hududida asosan millatchi guruhlar qarshilik koʻrsatmoqda. Ular artilleriya qurollaridan DXR va LXR hududlarini oʻqqa tutishmoqda. Kiyevda millatchilar reaktiv oʻqotar qurollar va gaubitsalarni koʻp qavatli binolar orasiga joylashtirib, tinch aholidan "tirik qalqon" sifatida foydalanmoqda.
Undan tashqari Kiyev va boshqa shaharlarda aholiga oʻqotar qurollar nazoratsiz tarqatilmoqda. Buning oqibatida bir necha baxtsiz hodisalar ham sodir boʻldi.