Kolumnistlar

Gʻarb rus madaniyatini “bekor” qilmoqchi

© Sputnik / Maksim Blinov / Fotobankka oʻtishKontsert Simfonicheskogo orkestra Mariinskogo teatra pod upravleniyem Valeriya Gergiyeva v ramkax PMEF
Kontsert Simfonicheskogo orkestra Mariinskogo teatra pod upravleniyem Valeriya Gergiyeva v ramkax PMEF - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 02.03.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Iqtisodiy va siyosiy cheklovlardan soʻng, Gʻarb Rossiyani umumjahon madaniy hududidan quvishni boshlandi. Bunaqasi "sovuq urush" davridan ham boʻlmagan, deydi kolumnist.
Bavariya poytaxti burgomistrining buyrugʻiga koʻra, maestro Gergiyev Myunxen orkestirining bosh dirijeri lavozimidan ozod qilindi.
Oradan bir necha soat oʻtib opera xonandasi Anna Netrebkonning ismi ham Milandagi La Skala teatri aifshalaridan oʻchirib tashlandi. Teatr buni xonanda “kasal”ligi bilan izohladi. Lekin opera yulduzi bunga darhol “Men sogʻman, lekin kelmayman” deb javob berdi.
Xullas, Gʻarb Rossiyaga nisbatan iqtisodiy va siyosiy cheklovlar kiritib, bizni “tajovuzkor”likda ayblaganidan soʻng, navbat yangi cheklovlarga keldi: Rossiyani umumjahon madaniy hududidan quvish boshlandi. Rossiyalik artistlar kontsertlari, rossiyalik rassomlar koʻrgazmalari bekor qilina boshlandi. Bu ham yetmaganidan rus klassik adabiyoti tomon ham barmoq bilan koʻrsatib, Lev Tolstoyning “Urush va tinchlik” romanida “imperiya ruhi”ni maqtashni tanqid qilish boshlandi.
Hozirgi atlantistlarning shiorlari qanchalik axmoqona boʻlmasin, bizga ularning yovuz niyatlari mutlaq tushunarli: ular bizni oʻz madaniy meʼrosimizdan mahrum qilishmoqchi. Buning uchun ular pul bilan tarixni qayta koʻchirib yozishlari ham mumkin.
Madaniya meʼros bu - Brent markali neft yoki birjadagi gaz spotlarining narxi emas. Bu hatto Markaziy bankning oltin-valyuta rezervlari ham emas.
Meʼros – bu bizning madaniyatimiz. Novgorod (beresta) yorliqlaridan Chaykovskiyning Birinchi kontsertigacha, Birinchi bosmasi Ivan Fyodorovdan Karl Faberje sanʼatigacha. Aytish joizki ushbu sohada hozirgacha hech kim Faberjedan oʻzib keta olgani yoʻq.
Rus madaniyatini bekor qilish toʻgʻrisidagi farmon allaqachon berilgan va birinchi qadamlar ham qoʻyildi.
Nyu-yorkdagi Karnegi-xoll oʻz kontsert dasturlari va afishalaridan dirijer Valeriy Gergiyev va pianist Denis Matsuyev nomlarini oʻchirdi.
Sababi aniq aytilmagan boʻlsa-da, OAVda jumladan "Nyu-York tayms" ushbu taniqli kontsert zali rahbariyatining “Bugungi kun vaziyatida Gergiyevning kontsertda ishtirok etishi notoʻgʻri talqin qilinishi mumkin va jamiyatga notoʻgʻri(sic!) signal yuborilishi mumkin” deb izoh berishdi.
Maqolani diqqat bilan oʻqiganda quyidagi xulosaga kelish mumkin: maʼlum boʻlishicha taniqli dirijerga Rossiya-Ukraina vaziyati boʻyicha oʻz nuqtai nazarini ommaviy eʼlon qilish taklif etilgan.
Mashhur pianinochi Denis Matsuyevga ham ana shunday taklif berilgan degan xulosaga kelish mumkin.
Ushbu taniqli artistlarni tezda almashtirishganidan ularning javobi qanday boʻlgani haqida xulosa chiqarish mumkin.
Yevropa ham aksilRossiya koalitsiyasi boʻyicha katta hamkori AQShdan ortda qolmaslikka harakat qilmoqda. Milan va Bavariya shahar merlari, Gʻarbning yetakchi siyosatchilari kabi, Gergiyevdan oʻz vatani Rossiyadan “voz kechishni” talab qilishgan.
Bugun biz Yer sharida keng koʻlamli tsivilizatsion halokatni koʻrib turibmiz, desam xato boʻlmaydi. Ushbu buyuk talant egalaridan sahnaga chiqib musiqa ijro etishlari uchun, birinchidan omma oldida oʻz vatanidan voz kechishni, ikkinchidan butun dunyo oldida Gʻarb elitalariga sodiqlik haqida qasamyon qilishni talab qilishmoqda.
Talant, mohirlik, qobiliyat va ruhlangan ijro – hech qanday qadriyatga ega boʻlmay qoldi. Axir Vena filarmoniyasida Gergiyevni almashtirish, uni bekor qilish mumkin boʻlsa, Karnegi xollda Matsuyevni bekor qilish mumkin boʻlsa va omma buni lom-mim demay qabul qilsa, demak istalgan narsani va kishini bekor qilish mumkin.
Albatta bir musiqachi ikkinchisini almashtirib turishi mumkin. Ular orasida bunday holatlar uchrab turadi.
Bunday voqealar hatto “totalitar SSSRda” davri “ikki mafkura qarama-qarshiligi” davrida ham boʻlmagan edi. Kommunist va mohir skripkachilar Leonid Kogan yoki David Oystrax, partiya biletlarini choʻntaklariga solib, butun dunyo boʻylab kontsert berib yurar edilar. Ularning hech biridan, yoki “Katta teatr”ning taniqli yoki unchalik tanilmagan raqqosalaridan Gʻarb sahnasiga chiqishdan oldin “liberal qadriyatlar”ga tiz choʻkishni talab qilishmagan.
Oʻsha vaqtlardagi Yevropa va Amerika impresariolari bugungi kundagi hamkasabalari oldida inkvizitorlar oldida volteryanlardek koʻrinadi. Nahot Yevropa oʻrta asrlar tajribasini, yagona nuqtai nazarga qarshi boʻlganlarni oʻtda yoqishgan davrlarni unutgan boʻlsa? Katolik dinidan boshqasiga amal qilganlarni, ayollar chiroyi uchun, soch rangi biroz boshqacha boʻlgani uchun olovda yoqilgan davrlarni esidan chiqargan?
Axir ushbu faktlarga allqachon yuridik va tarixiy baho berilgan – yovvoyilik va jinoyat, deb.
Bugun aksil-Rossiya fronti “saflari tozalanayotgani” haqida biz koʻp eshitayotgan boʻlsak-da, biz oʻzimizning achchiq tajribamiz asosida bunday “tozalashlar” nima bilan tugashini yaxshi bilamiz.
Ularni ham ogohlantirib qoʻymoqchi edik, albatta ular eshitishga tayyor boʻlsa.
Soʻnggi xulosa: Bugungi Yevropaning insonparvar falsafasi asosan Dantening "Ilohiy komediya"sidan kelib chiqqan.
Shoirlik ideallari va haqiqatga sodiq boʻlgani uchun oʻz ona shahridan quvilgan buyuk florentiyalik, sotqinlarni bekorga doʻzaxning eng dahshatli, eng qorongʻu va najotsiz toʻqqizinchi doirasiga joylashtirgan.
Bu borada rus madaniyati va Italiya Renessansining xulosasi bir: oʻz qarashlarini pulga sotish – gunohdir. Buning oqibati oʻta ayanchli boʻlishi mumkin.
Maestro Gergiyev, mukofotlardan voz kechib, bugun Yevropaga haqiqiy Yevropa va rus ruhiyati qanday boʻlishi kerakligiga namuna koʻrsatmoqda.
Vaqti kelib Yevropa ham Rossiya ham maestroga buning uchun qattiq chapak chaladi!
Yangiliklar lentasi
0