https://sputniknews-uz.com/20220302/lavrov-rossiyani-yakkalash-qoldan-kelmaydi-uning-dostlari-kop-23092019.html
Lavrov: Rossiyani yakkalash qoʻldan kelmaydi, uning doʻstlari koʻp
Lavrov: Rossiyani yakkalash qoʻldan kelmaydi, uning doʻstlari koʻp
Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Gʻarbning nafaqat iqtisodiy, balki boshqa sohalarga ham qoʻllagan sanktsiyalari Rossiyani yakkalay olmasligini maʼlum qildi
2022-03-02T18:23+0500
2022-03-02T18:23+0500
2022-03-02T18:23+0500
rossiyaning donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
sergey lavrov
rossiya
/html/head/meta[@name='og:title']/@content
/html/head/meta[@name='og:description']/@content
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e6/03/02/23091541_0:160:3073:1888_1920x0_80_0_0_dc870a5c9e34bea9eb6e80cf397d9b3c.jpg
TOSHKENT, 2 mar — Sputnik. Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Gʻarbning nafaqat iqtisodiy, balki boshqa sohalarga ham qoʻllagan sanktsiyalari Rossiyani yakkalay olmasligini maʼlum qildi. Bu haqda u “Al Jazeera” telekanaliga bergan intervyusida aytdi.Rossiya Ukrainada maxsus harbiy amaliyot boshlangandan keyin Gʻarb mamlakatlari unga qarshi birin-ketin sanktsiyalar joriy etishni boshlashdi.Shunga qaramasdan, dunyoning koʻplab mamlakatlari Rossiyaning harbiy operatsiyasini qoʻllab-quvvatlashmoqda. Ular orasida Ittifoqdosh davlat Belarus bor.Xitoy yetakchisi Si Tszinpin Rossiya yetakchisi Vladimir Putin bilan telefon suhbatida Moskvaning xatti-harakatlariga hurmat bilan qarashini maʼlum qildi.Suriya va Januyuiy Osetiya ham Rossiyani qoʻllab-quvvatlashdi va Rossiya va Abxaziya ortidan DXR va LXR mustaqilligini tan olishni tayyorgarlik koʻrishayotganini bildirishdi. Markaziy Afrika Respublikasi Rossiyani qoʻllab, DXR va LXRni tan olish zoʻravonlikning oldini olishini maʼlum qildi.Braziliya prezidenti Jair Bolsonaru uning mamlakati BMT Xavfsizlik kengashida Ukrainadagi harbiy operatsiyani qoralovchi rezolyatsiya uchun ovoz bermasligini taʼkidladi. Hindiston va BAA ham shunday qaror qabul qilishgan.Venesuela prezidenti Nikolas Maduro maxsus operatsiyani toʻliq qoʻlladi. Qirgʻiziston prezidenti Sadir Japarov Putin bilan telefon suhbatida Rossiyaning Donbassni himoya qilish harakatlarini qoʻllab-quvvatlashini bildirdi.Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi21 fevral kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin DXR va LXR rahbarlarining ular suverenitetini tan olishni soʻrab qilgan murojaatlariga javoban tegishli farmonlarga imzo chekdi. 24 fevral kuni esa Donbass hududida maxsus harbiy operatsiya boshlanganini eʼlon qildi. Ushbu maxsus harbiy operatsiyaning maqsadi – Ukrainadagi harbiy infratuzilmani yoʻq qilish va uni millatchilardan tozalash.Rossiya Mudofaa vazirligi xabariga koʻra, Rossiya Qurolli kuchlari aniq nishonga oluvchi qurollar yordamida Ukraina hududidagi harbiy obʼyektlarni yoʻq qilmoqda, shaharlariga, tinch aholiga zarba berilgani yoʻq.
rossiya
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2022
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e6/03/02/23091541_170:0:2901:2048_1920x0_80_0_0_c49249ab3454c984e4c37f9da9f17fa3.jpgSputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
sergey lavrov, rossiya
Lavrov: Rossiyani yakkalash qoʻldan kelmaydi, uning doʻstlari koʻp
Rossiya tashqi ishlar vaziri, Gʻarbning yangidan-yangi sanktsiyalariga qaramasdan, Rossiyani yakkalab qoʻyish qoʻldan kelmasligini maʼlum qildi.
TOSHKENT, 2 mar — Sputnik. Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Gʻarbning nafaqat iqtisodiy, balki boshqa sohalarga ham qoʻllagan sanktsiyalari Rossiyani yakkalay olmasligini maʼlum qildi. Bu haqda u “Al Jazeera” telekanaliga bergan intervyusida aytdi.
“Rossiyaning doʻstlari koʻp, va uni yakkalab boʻlmaydi”, - dedi Rossiya TIV rahbari. Uning soʻzlaridan RIA Novosti iqtibos keltirgan.
Rossiya Ukrainada maxsus harbiy amaliyot boshlangandan keyin Gʻarb mamlakatlari unga qarshi birin-ketin sanktsiyalar joriy etishni boshlashdi.
Shunga qaramasdan, dunyoning koʻplab mamlakatlari Rossiyaning harbiy operatsiyasini qoʻllab-quvvatlashmoqda. Ular orasida Ittifoqdosh davlat Belarus bor.
Xitoy yetakchisi Si Tszinpin Rossiya yetakchisi Vladimir Putin bilan telefon suhbatida Moskvaning xatti-harakatlariga hurmat bilan qarashini maʼlum qildi.
Suriya va Januyuiy Osetiya ham Rossiyani qoʻllab-quvvatlashdi va Rossiya va Abxaziya ortidan DXR va LXR mustaqilligini tan olishni tayyorgarlik koʻrishayotganini bildirishdi. Markaziy Afrika Respublikasi Rossiyani qoʻllab, DXR va LXRni tan olish zoʻravonlikning oldini olishini maʼlum qildi.
Braziliya prezidenti Jair Bolsonaru uning mamlakati BMT Xavfsizlik kengashida Ukrainadagi harbiy operatsiyani qoralovchi rezolyatsiya uchun ovoz bermasligini taʼkidladi. Hindiston va BAA ham shunday qaror qabul qilishgan.
Venesuela prezidenti Nikolas Maduro maxsus operatsiyani toʻliq qoʻlladi. Qirgʻiziston prezidenti Sadir Japarov Putin bilan telefon suhbatida Rossiyaning Donbassni himoya qilish harakatlarini qoʻllab-quvvatlashini bildirdi.
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
21 fevral kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin DXR va LXR rahbarlarining ular suverenitetini tan olishni
soʻrab qilgan murojaatlariga javoban tegishli farmonlarga
imzo chekdi. 24 fevral kuni esa Donbass hududida maxsus harbiy operatsiya boshlanganini
eʼlon qildi. Ushbu maxsus harbiy operatsiyaning maqsadi – Ukrainadagi harbiy infratuzilmani yoʻq qilish va uni millatchilardan tozalash.
Rossiya Mudofaa vazirligi xabariga koʻra, Rossiya Qurolli kuchlari aniq nishonga oluvchi qurollar yordamida Ukraina hududidagi harbiy obʼyektlarni yoʻq qilmoqda, shaharlariga, tinch aholiga zarba berilgani yoʻq.