Mahalladagi xotin-qizlar faolining ish haqi belgilandi

© SputnikKoshelek s dengami
Koshelek s dengami - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.03.2022
Obuna bo‘lish
“Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi.
“Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi.
Qaror bilan Xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, gender tenglik va oila masalalari bo‘yicha respublika komissiyasi tashkil etildi.
Qarorga ko‘ra, mahallalardagi xotin-qizlar faollari lavozimlariga nomzodlar ochiq tanlovlar asosida ishga qabul qilinadi.
Ushbu lavozimga oila va xotin-qizlar bilan ishlash tajribasiga ega, shaxsiy fazilatlari bilan namuna ko‘rsatgan, fidoyi va sadoqatli nomzodlar tayinlanadi.
2022 yil 1-maydan mahalladagi xotin-qizlar faolining oylik ish haqi miqdori u biriktirilgan mahalladagi xonadonlar soniga mutanosib ravishda quyidagicha belgilanadi:
xonadonlar soni 500 tagacha bo‘lgan mahallada – mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 3,5 baravari (2 mln 877 ming so‘m) miqdorida;
xonadonlar soni 501 tadan 1 000 tagacha bo‘lgan mahallada – mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 4 baravari (3 mln 288 ming so‘m) miqdorida;
xonadonlar soni 1 000 tadan ortiq bo‘lgan mahallada – mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 4,5 baravari (3 mln 699 ming so‘m) miqdorida.
2022 yil 1-avgustgacha mahallalardagi xotin-qizlar faollari “Ayollar daftari”ni yuritish, masofadan turib hisobotlar taqdim etish hamda videokonferensaloqa shaklida yig‘ilishlarda ishtirok etish imkonini beruvchi planshetlarbilan ta’minlanadi.
Qaror bilan shuningdek, Bosh prokuratura tuzilmasida Xotin-qizlar huquqlarini ta’minlash hamda ularni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish sohalarida qonunchilik ijrosi ustidan nazorat boshqarmasi tashkil etildi.
Yangiliklar lentasi
0