Jamiyat

Karantin va “masofaviy” taʼlimga qaramasdan maktablar soni oshdi

© MNONovaya shkola otkrыlas v Sergeliyskom rayone Tashkenta - foto
Novaya shkola otkrыlas v Sergeliyskom rayone Tashkenta - foto - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 02.03.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Pandemiya va karantin vaqtida Oʻzbekiston shahar va qishloqlarida umumtaʼlim muassasalari soni 108taga oshdi - Statistika qoʻmitasi.
TOSHKENT, 2 mar – Sputnik. Pandemiya va “masofaviy” taʼlimga qaramasan Oʻzbekistonda umumtaʼlim muassasalari soni oshmoqda, deb xabar qildi Davlat Statistika qoʻmitasi.

Xususan, 2021-2022 oʻquv yili boshida shaharlarda joylashgan umumtaʼlim muassasalar oʻtgan yilga nisbatan 28taga oshib 3921 tani tashkil etgan. Qishloq joylarda esa ushbu davr mobaynida maktablar soni 80taga oshib koʻpayib, 6368 tani tashkil etgan, - deyilgan xabarda.

Qayd etish joizki, Oʻzbekistonda umumtaʼlim muassaslari soni soʻnggi yillarda toʻxtovsiz oshib kelmoqda. Respublika boʻyicha umumtaʼlim maktablari soni 1991 yilda 8557ta boʻlgan boʻlsa, 2020 yilga kelib ularning soni 10 090taga yetgan. Viloyatlar kesimida eng koʻp maktab Samarqand (1260), Qashqadaryo (1141) va Fargʻona (960) viloyatlari hududida joylashgan. Maktablar soni eng kam boʻlgan hududlar esa – Sirdaryo viloyati (312), Toshkent shahri (355) va Navoiy viloyati (367).
Yangiliklar lentasi
0