NATO Rossiyaga qarshi urush e’lon qilyaptimi?

© Sputnik / Stringer / Mediabankka o‘tishSoldati NATO
Soldati NATO - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.03.2022
Obuna bo‘lish
Yevropa ittifoqi ochiqchasiga o‘zini Pentagon manfaatlariga bo‘ysungan NATOning bo‘linmasi sifatida ko‘rsatmoqda.
YeI va qator Sharqiy Yevropa mamlakatlari Kiyevning millatchi rejimini himoya qilish uchun jangovar aviatsiya, og‘ir qurol-aslahalar yetkazib berish va “ko‘ngillilarni” yuborishni muhokama qilishmoqda. Bu Rossiya bilan bevosita qurolli to‘qnashish, Yevropa va Qo‘shma Shtatlar hududida termoyadro urushi sari o‘ylamay qo‘yilgan qadamlardir. Lekin baribir, Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy iltimosi bilan hech kim sayyoraga o‘t qo‘yishga shoshilmayapti.
Birinchi va asosiysi: Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu 1-mart kuni Rossiya Qurolli kuchlari guruhlari Ukrainadagi maxsus harbiy operatsiyani oldinga qo‘yilgan maqsadlarga erishishga qadar davom ettirishadi – mamlakat harbiy infratuzilmalarini yo‘q qilish (demilitarizatsiya) va millatchilardan tozalash (denatsifikatsiya).
G‘arbning yolg‘on xabar beruvchi manbalari, YeS va NATO amaldorlarining gaplari, ukrainalik jinoyatchilarga qurol-yarog‘ tarqatish, AQShning Rossiyaga qarshi sanksiyalari – “Z” operatsiyasi sur’ati va maqsadiga ta’sir o‘tkaza olmaydi. Mustaqil Rossiya xavfsizligi uchun kurash ketmoqda.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin 24-fevral kuni bu ishga xalal bermoqchi bo‘lganlarni oldindan va ochiq-oydin ogohlantirdi, 27-fevraldan esa Rossiyaning Strategik tiyib turuvchi kuchlari aholida rejimda jangovar holatga shay.
Rossiya qurolli kuchlari Xerson shahrini to‘liq nazoratga oldi
Ukrainaga qurol-yarog‘ yetkazib berilishini kuni kecha Yevropa diplomatiyasi rahbari Jozep Borrel va G7 mamlakatlari tashqi ishlar vazirlari ma’lum qilishdi. Shunga qaramay Ukrainaga Bolgariya, Polsha, Slovakiya Qurolli kuchlari tarkibidagi 56 ta MiG-29 qiruvchi va 14 ta Su-25 shturmchilari berilishi haqidagi axborot noaniq bo‘lib ko‘rinadi.
NATOning Rossiyaning Ukrainadagi qo‘shinlariga Polsha aerodromlaridan faraziy aviatsiya zarbalarini berishi – alyansning Rossiya Federatsiyasiga qarshi to‘g‘ridan-to‘g‘ri tajovuzi akti, “hamkorlar” uchun barcha og‘ir oqibatlari bilan birga.
Bolgariya bosh vaziri Kirill Petkov va Polsha prezidenti Anjey Dudaning Kiyev rejimiga jangovar aviatsiya yetkazib berilishi haqidagi xabarni juda zudlik bilan rad etishgani tasodif emas.
Ukraina havo maydonida NATO Harbiy havo kuchlari (HHK)dan o‘zganing bayrog‘i ostida foydalanish Pentagon va alyansning Rossiya bilan bevosita qurolli to‘qnashishga hozirligini anglatadi. Bu Yevropa va Shimoliy Amerika xalqlariga termoyadro urushini kafolatlaydi.
Ramzan Qodirov ukrainalik natsistlarni ogohlantirdi

“Drang nach Osten” halokati

Fevral oyidagi Ukraina Qurolli kuchlarining sezilarli yo‘qotishlaridan keyin Kiyev rejimi 56 ta MiG-29 qiruvchi va 14 ta Su-25 shturmchilaridan foydalanish uchun zaruriy o‘qitilgan uchuvchilarga ega emas.
Ammo shamol bo‘lmasa, daraxtning uchi qimirlamaydi, NATOning Ukrainaga zarba beruvchi aviatsiyani yetkazib berishiga oid ma’lumotning sizishi eng jiddiy e’tibor va nazoratni talab qiladi.
G‘arb millatchilar laqqillatgan Ukraina xalqi va hududidan foydalanayotgan ekan hamma narsa bo‘lishi mumkin. Jangovar harakatlar hududiga 16 ta Bolgariya, 28 ta Polsha va 12 ta Slovakiya MiG-29 hamda 14 ta Bolgariya Su-25 larini olib o‘tishning imkoni bor.
Bu 70 ta samolyotlar Sovet davrida ishlab chiqilgan – “Varshava shartnomasi” harbiy havo kuchlaridan Sharqiy Yevropada qolgan narsalar. Meros juda eskirgan, hammasi ham uchmaydi.
AQSh HHK zaxirasidagi eski amerika F-16 qiruvchilarini berish varianti realroq bo‘lib ko‘rinadi, biroq ukrain uchuvchilarini qayta o‘qitish uchun “hamkorlarda” yo‘q bo‘lgan vaqt kerak.
Lukashenko: Ukraina mojarosi – G‘arb siyosatining natijasi
Nima bo‘lgan taqdirda ham, Rossiya Harbiy kosmik kuchlari (HKK) har qanday NATO qiruvchilari va shturmchilarini Polsha-Ukraina chegarasini kesib o‘tish vaqtida ishdan chiqaradi.
Dushman aviatsiyasining Belarus orqali kirishi uchun imkoniyatlar bunda ham kam – respublikaning havo hujumiga qarshi mudofaa vositalari Rossiya qo‘shinlariga har qanday "ortdan berilgan zarbani" qaytarish uchun doimiy shaylikda.
Janub tomondan Ukrainadagi Rossiya qo‘shinlarini Qora va O‘rta yer dengizlaridagi Harbiy dengiz kuchlari raketa kemalari hamda Suriyadagi Rossiyaning Xmeymim bazasidagi raketatashuvchi aviatsiyasi himoya qilmoqda.
Rossiya tomonidan xavfsizlikni ta’minlashning harbiy texnik vositalari qo‘llanishiga G‘arbning jazavali munosabati Pentagon va NATOning xavfli plasdarmiga aylangan, AQShning o‘nlab harbiy biolaboratiriyalari joylangan Ukrainani demilitarizatsiya va denatsifikatsiya qilish zararligini xolis tasdiqlaydi.
Rossiyaga qarshi Kiyev rejimining Moskvaga qo‘yilgan talablarini unutish, G‘arbning harbiy yordamidan umidini uzish fursati yetgan. Taslim bo‘lish asosiy ukrain jinoyatchilariga hech bo‘lmaganda hayotlarini saqlab qolish imkoni beradi.
AQSh va NATO Rossiyani yo‘q qilishni juda-juda istashadi – Ukraina voqealari ortidan ilk bor alyansning munosabat bildirish kuchlari yoyilgan, biroq qo‘llari kalta. Yevroittifoqi Rossiyaga qarshi umumiy iqtisodiy va moliyaviy urush olib borishga va’da berdi. Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova “hamkorlarning” rejalariga zaharli qilib munosabat bildirdi: “Biz buni allaqachon tushundik. Yevropa ittifoqi tuzilishiga qadar. 800-yil ilgari”.

Eng yangi tarix

Rossiyaning Ukrainani demilitarizatsiya va denatsifikatsiya qilish operatsiyasiga ko‘p qutbli dunyo Vashington va Brussel xohlagandek qaramayapti.
Qo‘shma Shtatlar va NATOning yaqindagi Iroq, Yugoslaviya, Afg‘oniston, Liviya, Suriyadagi “demokratiyani ilgari surish” tarixlaridan so‘ng dunyoning aksariyat mamlakatlari tushunadiki: Rossiyaning jangovar xatti-harakatlari majbur bo‘lgan, himoyalanish xususiyatiga ega. NATOni sharqqa siljitgan, Kiyevdagi davlat to‘ntarishi uyushtirgan, Ukrainada 8-yildan buyon davom etayotgan ruslarga qarshi urushni boshlagan Moskva emas.
Rossiya operatsiyasi o‘ta og‘ir bemorning hayotini saqlab qolmoqda va harbiy tahdidni qayerdan kelgan bo‘lsa, o‘sha yerga kovushini to‘g‘rilamoqda. Shu bois YeI va NATO mamlakatlarida birdamlik yo‘q, ichki siyosiy harakat o‘smoqda.
Shoygu Ukrainadagi maxsus operatsiyaning asosiy vazifasini aytdi
YeI va NATo oldida ikkiyuzlamachilik bilan Bolgariya hukumati Kiyev rejimiga jami bir nechta chodir, adol, kiyim-kechak va poyabzal ortilgan yuk mashinasini jo‘natish va ukrain qochoqlarini qabul qilishga va’da berishdi.
Gruziya rahbariyati “Ukraina mojarosiga qo‘shilishga urinishga” yo‘l qo‘ymaslikka intilmoqda va bu oqilona qaror. Vengriya Ukrainaga qurol-yarog‘ yetkazib berishdan bosh tortdi. Germaniya Rossiya bilan bevosita to‘qnashishdan o‘zini tiymoqda, Bundestagda bot-bot G‘arbning Rossiya yo‘nalishidagi siyosati muvaffaqiyatsizlikka uchragani yangramoqda.
Rossiyaga qarshi vahimada boshqalarga qaraganda harbiy salohiyati arzimagan bo‘lgan Boltiq mamlakatlari yonib kuyishmoqda. Masalan, Latviya o‘z fuqarolariga Ukrainada Rossiyaga qarshi jang qilishga ruxsat berdi, biroq ortga qaytmas yo‘l.
Ukraina mojarosi – AQSh dunyoda inqiroz keltirib chiqarishga oid sosatining natijasi. Qiyomat kuni soatlari “yarim tungacha 100 soniya” qolganini ko‘rsatmoqda. Shunga qaramay Amerika prezidenti Jozef Bayden yadro urushi xavfi yo‘q deb hisoblaydi. Ya’ni G‘arb Rossiya bilan jiddiy janjallashmoqchi emas, muvaffaqiyatsiz “Ukraina loyihasi” uchun sayyorani yo‘q qilmoqchi emas.
Pentagon rahbarining sobiq maslahatchisi Duglas Makregor Amerika telekanaliga bergan intervyusida xulosa qildi: “Vladimir Putin o‘z chegaralarida AQSh qo‘shinlari va raketalariga toqat qilmaydi. Biz Kubadagi Rossiya qo‘shinlariga toqat qilmaganimizdek. Biz e’tiborsiz qoldirdik... u bizni so‘nggi 15-yil ichida ogohlantirgan ishni qilyapti”.
Amerikalik polkovning so‘zlarini 2300 tadan ziyod Rossiya zihrli texnikasini Kiyev yaqinida suratga olgan Maxar Technologies kosmik suratlari yaqqol tasdiqlaydi.
Bannockburn Global Forex asosiy strategi Mark Chendler dediki: “Biz o‘qlar bilan jang qilib o‘tirmaymiz. Biz ularni moliyaviy jihatdan bo‘g‘amiz”. Iqtisodiy sanksiyalar – bu G‘arbning afsonaviy quroli, u hech qachon zafar qozonishga imkon bermagan.
Rossiya Davlat dumasi deputati G‘arbning ehtimoliy sanksiyalarini o‘g‘rilikka qiyosladi
Kim kimga ko‘proq tobe ekanini hali ko‘ramiz. Rossiya shunchaki o‘z uyini tartibga solmoqda. Rossiyaning harbiy texnologiya salohiyati ulkan. Iqtisodiyot barqaror. Ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash shubhasiz – Rossiya Qurolli kuchlarining operatsiyasini 68 foiz Rossiya fuqarolarini ma’qullashadi. Belarus Respublikasi ham ittifoqchilik majburiyatlarini bajarishga tayyor.
Rossiya Mudofaa vazirligining so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, DXR bo‘linmalari Dones viloyati chegarasiga chiqishgan va sohil bo‘lgan joylashgan tumanlarni nazoratga olgan Rossiya kuchlariga qo‘shilishgan. UKH qismlarining Azov dengiziga chiqishi to‘liq bloklangan.
Rossiya QK Ukrainaning 1325 ta harbiy infratuzilmasi, jumladan, 395 ta tank va zirhli mashinalari, 59 ta RSZO, 179 ta artilleriya va minomotlarini yo‘q qilishgan. Havo va dengiz kuchlarining uzoqqa parvoz qiladigan raketa quroli bilan UHKning yana ikkita aerodomi va mudofaa hujumiga qarshi postlari yakson qilingan.
Rossiya kuchlari tinch aholiga nisbatan ehtiyotkorona harakat qilmoqda. Fuqaroviy infratuzilmalar va turar joylarga zarba berilmayapti. Tinchlikparvarlik operatsiyasi maqsadlariga izchil va bir maromda erishilmoqda.
“Hokimiyatni o‘z qo‘lingizga oling”: Putin ukrainalik harbiylarga murojaat qildi
Janubi-sharqda o‘rab olingan UHK (58 mingtagacha harbiylar) qurollarini topshirilari kerak, yoki yo‘q qilinishadi. Kiyev rejimining demilitarizatsiya va denatsifikatsiyaga, ya’ni to‘liq va so‘zsiz taslim bo‘lishga tayyorligi Rossiya QK operatsiyasi yakunini yaqinlashtirishi mumkin. Ukraina betaraflik maqomini oladi, va bu Moskvaning ko‘plab ittifoqchilari va dushmanlariga tarixiy saboq bo‘ladi.
Yangiliklar lentasi
0