Situatsiya na granitse Krыma s Ukrainoy - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21 fevral kuni Donetsk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini eʼlon qildi, 24 fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini maʼlum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarogʻ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Rossiya qurolli kuchlari Xerson shahrini toʻliq nazoratga oldi

© Sputnik / Mixail Voskresenskiy / Fotobankka oʻtishRossiyskiye voyennoslujaщiye
Rossiyskiye voyennoslujaщiye - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 02.03.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Rossiya harbiy boʻlinmalari Xerson shahrini toʻliq nazoratga oldi - Rossiya Mudofaa vazirligi.
Rossiya harbiy boʻlinmalari Xerson shahrini toʻliq nazoratga oldi, dedi Rossiya mudofaa vazirligi rasmiy vakili general-mayor Igor Konashenkov.
Rossiyaga qarshi axborot xurujlarini bostirish uchun Ukraina Xavfsizlik xizmati obʼyektlari va Kiyevdagi 72-psixologik operatsiyalarning asosiy markaziga zarba berildi, teleminora uskunalari ishdan chiqarildi. Aholi turar-joy binolari vayron boʻlmadi.
Maxsus harbiy operatsiya boshlanganidan beri Ukrainaning 1502ta harbiy infratuzilma obʼyekti ishdan chiqarildi.
Shahardagi fuqarolik infratuzilmasi, aholiga xizmat koʻrsatish obʼyektlari va jamoat transporti har kungi rejimda ishlamoqda.
"Shaharda oziq-ovqat va zaruriy tovarlar taqchilligi kuzatilmayapti. Rossiya qoʻmondonligi, shahar va viloyat maʼmuriyati oʻrtasida ijtimoiy infratuzilma obʼyektlarining faoliyatini taʼminlash, huquq-tartibot va aholi xavfsizligini taʼminlash masalalarini hal etish boʻyicha muzokaralar davom etmoqda”, - dedi Rossiya mudofaa vazirligi vakili.
21 fevral kuni Vladimir Putin Donbass respublikalarining iltimosiga koʻra va Davlat Dumasi deputatlarining murojaatidan soʻng LXR va DXR suverenitetini tan olish toʻgʻrisidagi farmonlarni imzoladi. 24 fevral kuni erta tongda Rossiya Ukrainani demilitarizatsiya qilish boʻyicha harbiy maxsus operatsiyani boshladi. Mudofaa vazirligi bayonoti koʻra, qurolli kuchlar faqat Ukraina harbiy infratuzilma va qoʻshinlariga zarba bermoqda.
Hujum bir necha yoʻnalishda davom etmoqda, Kiyev gʻarbdan oʻrab olingan, mamlakat janubi va sharqidagi guruhlar Ukraina armiyasini Azov dengizidan uzib, Mariupolni toʻsib qoʻyilgan.
Yangiliklar lentasi
0