Ukrainadan Polsha orqali qariyb 1200 nafar o‘zbekistonlik evakuatsiya qilindi

© Press-slujba MID UzbekistanaSpesbort Uzbekistan Airways v aeroportu polskogo goroda Katovitse vo vremya evakuatsii grajdan Uzbekistana iz Ukraini
Spesbort Uzbekistan Airways v aeroportu polskogo goroda Katovitse vo vremya evakuatsii grajdan Uzbekistana iz Ukraini - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.03.2022
Obuna bo‘lish
Bugun yana ikkita evakuatsiya qatnovini tashkil etish rejalashtirilgan. Polsha hududida mamlakatning 800 dan ortiq fuqarosi qolmoqda.
TOShKENT, 2 mar — Sputnik. 2022 yilning 1-2 mart kunlari “Uzbekistan Airway” AJning uchta samolyoti bilan 677 nafar O‘zbekiston fuqarosi Polshaning Katovitse aeroporti orqali Ukrainadan evakuatsiya qilindi. Bu haqda mamlakat TIV rasmiy vakili Yusup Kabuljanov ma’lum qildi.
“Joriy yil 2-mart holatiga ko‘ra, umumiy hisobda Ukrainadan Polsha hududi orqali beshta aviareyslar bilan 1 186 nafar vatandoshimiz olib kelindi”, - deyilgan xabarda.
Bugun yana ikkita evakuatsiya qatnovini tashkil etish rejalashtirilgan. Birinchi reys Toshkent shahridan soat 07:00 da uchib ketgan bo‘lsa, keyingisi soat 10:00 da parvoz qiladi.
Polsha hududida mamlakatning 800 dan ortiq fuqarosi qolmoqda. Ulardan 350 nafari Polsha davlat chegarasidagi to‘planish nuqtasiga, 450 nafari esa Katovitse aeroportiga joylashtirilgan.
O‘zbekistonning Ukrainadagi elchixonasi mamlakat fuqarolarini evakuatsiya qilish ishlarini davom ettirmoqda.
Ta’kidlanishicha, Polsha va Ukrainadagi diplomatik vakolatxonalari uzluksiz tartibda ishlamoqda. Fuqarolar uchun issiq ovqat yetkazilib, zarur hollarda tibbiy xizmatlar ko‘rsatilmoqda.
O‘zbekistonning Ukrainadagi elchixonasi raqamlari: +380 44 501 50 00, +380 44 501 41 81, +380 44 501 41 82, +380 44 501 41 83.
O‘zbekistonning Polshadagi elchixonasi raqamlari: Maruf Karimov ("Karchova" nazorat-o‘tish punktida): +48 508 064 333; Telegram: +99893 5947557. Asqar Beknazarov (Katovitse shahri aeroportida): +48 508 995 888; Telegram: + 99890 1160084. Sardor Ahmatov (Elchixonada): +48 502 501 588" Telegram: + 99894 6541010.

Mavzuga oid:

Ukrainadan evakuatsiya qilingan o‘zbekistonliklar Toshkentga yetib keldi
Ukrainadan evakuatsiya qilingan o‘zbekistonliklar Toshkentga uchib ketishdi
“UzAirways” Ukrainada qolib ketgan o‘zbekistonliklarni olib keladi
Yangiliklar lentasi
0