Armanistonda yangi prezident saylandi

© Sputnik / Aram NersesyanVaagn Xachaturan
Vaagn Xachaturan  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.03.2022
Obuna bo‘lish
Yuqori texnologiyalar sanoati vaziri Vaagn Xachaturan nomzodi uchun 71 deputat ovoz bergan.
TOShKENT, 3 mar — Sputnik. Armaniston parlamenti ovoz berishning ikkinchi bosqichida Vaagn Xachaturanni mamlakat prezidenti lavozimiga sayladi.
Yuqori texnologiyalar sanoati vaziri Vaagn Xachaturan nomzodi uchun 71 deputat ovoz bergan. Ovoz berishning birinchi bosqichida Xachaturan ovozlar kamligi tufayli prezident etib saylanmagan edi.
Armaniston konstitutsiyasiga ko‘ra, ikkinchi turda prezident etib saylanish uchun jami 107 nafar deputatning kamida beshdan uch qismi ovoz berishi kerak.
Armaniston prezidenti Armen Sarkisan nega iste’foga chiqdi
Vaagn Xachaturan Armanistonni 1991-1998 yillarda boshqargan Levon Ter-Petrosan siyosiy ittifoqchisidir.
U 1992—1992 yillarda Yerevan hokimi, 1996—1998 yillarda prezident maslahatchisi bo‘lgan. 2019-yildan 2021-yilga qadar armanistonlik yirik tadbirkor, hukmron partiyadan parlamentga deputat sifatida saylangan Xachatur Sukiasanning oilasiga tegishli "Armekonbank" boshqaruv a’zosi bo‘lgan. 2021-yilning avgustidan buyon Xachaturan mamlakatning yuqori texnologiyalar sanoati vaziri bo‘lib ishlab kelayotgan edi.
Yangiliklar lentasi
0